O‘zbekiston | 13:30
1032
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

AQSh Tinchlik instituti vakillari TIVdagi uchrashuvda O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishdagi muhim rolini ta’kidladi.

Foto: Dunyo

Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev AQSh Tinchlik instituti (USIP) vakillari Barmak Pajvak va Metyu Parks bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, USIP ekspertlari O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishdagi muhim rolini ta’kidladilar, shuningdek, tinchlik o‘rnatish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida mintaqaning turli davlatlari bilan maslahatlashuvlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdorligini bildirdilar.

Tomonlar afg‘on masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Mavzuga oid