“Ösimliklar karantini töğrisida”gi qonuni (yangi tahriri) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma'lum qilmoqda.

Qonunning maqsadi ösimliklar karantini sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.

Qonunda ösimliklar karantini sohasini tartibga soliş, ösimliklar karantini böyiça davlat xizmati tizimi va unga rahbarlik qiliş, davlat va xöjalik boşqaruvi organlarining, yuridik va jismoniy şaxslarning ösimliklar karantini sohasidagi huquq va majburiyatlari, ösimliklar karantiniga doir tadbirlar va ularni amalga oşiriş, ösimliklar karantini sohasidagi axborotning oçiqligi, karantin ostidagi mahsulotni olib kiriş va olib çiqiş, şuningdek yakunlovçi qoidalar nazarda tutilgan.

Xususan, qonunga muvofiq karantin ostidagi mahsulotga, uni olib kirişga, olib çiqişga, işlab çiqarişga, qayta işlaşga, saqlaşga, taşişga, realizatsiya qilişga va yöq qilişga doir talablarni belgilaydigan, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan bajarilişi şart bölgan hujjatlar fitosanitariya talablaridir.

Şu bilan birga, özgartişlarga muvofiq fuqarolarning özini özi boşqariş organlari ösimliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni amalga oşirişda iştirok etadi, tegişli hududda ösimliklar karantini sohasida jamoatçilik nazoratini amalga oşiradi, tegişli hudud aholisini ösimliklar karantini obektlari tarqalganligi töğrisida xabardor qilişda ösimliklar karantini davlat inspektorlariga kömaklaşadi.

Bundan taşqari, Qonun bilan ösimliklar karantini böyiça davlat xizmati organlari tizimi qayta körib çiqilgan. Jumladan, Ösimliklar karantini böyiça davlat xizmati tizimini:
•  Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi;
•  Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar ösimliklar karantini davlat inspeksiyalari;
•  Ösimliklar karantini ilmiy markazi;
•  avtomobil yöllaridagi, temir yöl stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portlaridagi va poçtamtlarning punktidagi ösimliklar karantini çegara punktlari taşkil etadi.

Ta'kidlaş lozimki, Ösimliklar karantini böyiça davlat xizmatining ilmiy ta'minotini Ösimliklar karantini ilmiy markazi amalga oşiradi.

Ösimliklar karantini ilmiy markazi ösimliklar karantini obektlarining bioekologik xususiyatlarini va ularga qarşi kuraşiş usullarini örganiş böyiça ilmiy-tadqiqotlar olib boradi, ösimliklar karantini obektlariga qarşi kuraşiş sohasi xodimlarining kasbiy bilimlari va malakasi oşirilişini, ösimliklar karantini obektlari töğrisidagi bilimlarning aholi örtasida tarqatilişini ta'minlaydi.