Qonunga köra, temiryöl transporti faoliyati quyidagi asosiy prinsiplardan iborat böldi: qonuniylik; xavfsizlik; oçiqlik va şaffoflik; barqarorlik; ekologik jihatdan tozalik; temir yöl transporti xizmatlarining qulayligi va sifati; temiryöl transporti infratuzilmasidan foydalanişdagi tenglik; temir yöl transporti infratuzilmasining yaxlitligi va uzluksiz işlaşi.

Davlat organlari va ularning mansabdor şaxslari temiryöl transporti xodimlarining taşiş jarayoni bilan boğliq faoliyatiga aralaşişga hamda ularni boşqa işlarga jalb etişga haqli emasligi belgilandi.

Temiryöl qatnovlari va taşişlar quyidagi turlarga bölindi:

- içki qatnovlar;

- xalqaro qatnovlar;

- töğridan töğri aralaş qatnovlar;

- tranzit taşişlar;

- maxsus taşişlar.

Yölovçi özi bilan birga alohida joy berilmagan holda beş yoşgaça bölgan bir bolani, 36 kilogrammdan ortiq bölmagan qöl yukini va nogironligi bölgan şaxslar qöşimça ravişda şaxsiy foydalaniş uçun möljallangan texnik yordamçi (kompensatorli) vositalarni va maxsus harakatlaniş vositalarini bepul olib yuriş huquqiga ega.

Umumiy foydalanişdagi temiryöl transportida quyidagi taşiş tariflari turlari qöllanadi: yuklarni taşiş tariflari; yölovçilarni taşiş tariflari; bagaj va yuk bagajini taşiş tariflari; poçta va kurerlik jönatmalarini taşiş tariflari.

Intizom temir yöl transporti xodimlarining intizomi töğrisidagi nizom bilan tartibga solinişi belgilandi.

Taşiş jarayonini markazlaştirilgan holda uzluksiz boşqarişni ta’minlaş maqsadida, ularning joylaşgan yeridan qat’i nazar, mamlakatda amal qiluvçi yagona hisoblaş-hisobot vaqti – Toşkent vaqti belgilanadi.

Uşbu qonun 2025 yil 1 yanvardan e’tiboran kuçga kiradi. Qonuning 1–29, 31–57-moddalari uşbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy ötgaç amalga kiritiladi.