Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurtining (hozirgi Qurolli Kuçlar akademiyasi) taşkil etilganiga 100 yil tölişi (1918 yil 12 iyulda taşkil topgan) munosabati bilan 11 iyul kuni “Oliy harbiy ta'lim muassasasining Qurolli Kuçlar va Vatan himoyasi uçun ofitser kadrlar tayyorlaşdagi tarixiy hissasi” mavzuida xalqaro harbiy-ilmiy anjuman bölib ötdi.

Tadbirda mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a'zo mamlakatlar va boşqa davlatlarda istiqomat qiluvçi bilim yurtining bitiruvçi-faxriylari, Özbekistondagi xorijiy mamlakat elçixonalarining harbiy attaşelari, Özbekiston Qurolli Kuçlari faxriylari, harbiy xizmatçilar hamda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vaziri A. Azizov xalqaro anjuman iştirokçilarini hamda faxriy mehmonlarni bilim yurti tarixidagi muhim sana bilan çin dildan muborakbod etdi.

«Uşbu dargohni bitirgan komandirlar 1941 yilda Moskva yaqinida bölgan kuraşda ulkan jasorat qörsatgan, Kursk, Dnepr uçun bölgan janglarda, şuningdek, Şarqiy Yevropa mamlakatlarini ozod etişda ulkan qahramonlikni namoyon etgan. Bugun Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurtining100 yilligiga bağişlangan anjumanda iştirok etayotganimdan xursandman», — deya ta'kidlab ötdi mudofaa vaziri öz nutqida.