Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurolli Kuchlar akademiyasi dala-o‘quv maydonida yangilangan o‘quv bazasi foydalanishga topshirildi
Bugun Qurolli Kuchlar akademiyasi dala-o‘quv maydoniga tashrif buyurgan mehmonlar, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va harbiy xizmatchilar yangilangan ta'minot bazasi bilan yaqindan tanishishdi.


O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov yangilangan o‘quv bazasining foydalanishga topshirilishi Qurolli Kuchlar akademiyasi tarixida yangi sahifa ochishini, harbiy ta'lim jarayonini yanada yuqori pog‘onaga olib chiqishini ta'kidlab o‘tdi.

Zamon talablari asosida qaytadan qurilgan yotoqxona, tibbiyot punkti, oshxona, o‘quv xonalari va boshqa binolar har tomonlama qulayligi va ko‘rkamligi bilan ajralib turadi.


O‘quv jarayoniga bevosita ijobiy ta'sir ko‘rsatishga xizmat qiladigan yangiliklardan biri har bir o‘quv binosi interaktiv doskalar bilan jihozlanganligidir.

Qurol-aslaha va otish kafedrasi o‘qituvchisi podpolkovnik Ruslan Radjabov so‘zlariga ko‘ra, ushbu zamonaviy doska kursantlarni milliy armiyamiz va chet el armiyalarida mavjud bo‘lgan otish qurollarining ishlash prinsipi va mexanizmlarini o‘rgatishda o‘qituvchi professorlarga katta qulaylik yaratadi.


Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov mehmonlarni yangilangan o‘quv bazasi bilan tanishtirar ekan, Qurolli Kuchlar akademiyasi tinglovchilari va kursantlari bunday e'tibordan yanada ruhlanib, o‘z mutaxassisliklarining yetuk egalari bo‘lib yetishishlarini alohida ta'kidlab o‘tdi.




Mavzuga oid
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026
Mudofaa vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
18:36 / 13.01.2026