Özbekiston Milliy matbuot markazida Soğliqni saqlaş vazirligi va Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi tomonidan «Aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta'minlaş tibbiyot sohasida ötkazilayotgan islohotlarning boş maqsadlaridan biri» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.
Unda Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov qayd etganidek, inson salomatligini muhofazalaşda zamonaviy tibbiy yordam bilan bir qatorda, aholi va tibbiyot muassasalarini sifatli dori-darmon bilan ta'minlaş ham muhim omil hisoblanadi. Mamlakatimizda jadallik bilan amalga oşirilayotgan tibbiy-ijtimoiy islohotlarning bugungi bosqiçida bu boradagi vazifalar ijrosiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Xususan, keyingi ikki yilda sohaning huquqiy asoslarini takomillaştiriş maqsadida yigirmaga yaqin huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular asosida farmatsevtika tarmoğining davlat boşqaruvi tizimi qayta körib çiqilib, Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi taşkil etildi, mahalliy işlab çiqaruvçilarga soliq va bojxona imtiyozlari berildi.
«E'tiborli tomoni, davlat tibbiyot taşkilotlariga dori vositalari va tibbiy buyumlar sotib oliş uçun 2018 yilda 914,6 mlrd. söm, ya'ni 2017 yilga nisbatan 2,5 barobar köp mablağ yönaltirildi. Şuningdek, xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda asosiy kasalliklarga taşxis qöyiş, ularni davolaş va klinik protokollar standartlarining yangi jadvali tasdiqlandi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabarida.
Aytiş joizki, hozirda mamlakatimizda 152ta farmatsevtika korxonasi faoliyat yurityapti. Ular tomonidan işlab çiqarilayotgan 2500 nomga yaqin dori-darmon tibbiyotimiz amaliyotida keng qöllanilayapti. Bundan taşqari, respublikamizda çet ellik investorlarga yaratib berilayotgan qulay şart-şaroitlar sababli, yildan-yilga xorijiy investorlar tomonidan Özbekiston farmatsevtika sanoatiga kiritilayotgan töğridan-töğri investitsiyalar uluşi ortmoqda. Hozirgi kunda xorijiy investitsiyalar iştirokida umumiy qiymati 123,9 mln. AQŞ dollariga teng 9ta investitsion loyiha amalga oşirilmoqda. Şundan 87,32 mln. AQŞ dollari töğridan-töğri çet el investitsiyalaridir. Uşbu investitsiyalar, asosan, Xitoy, Hindiston, Germaniya, Buyuk Britaniya va Turkiya investorlari tomonidan kiritilmoqda.
Ma'lumki, aholining dori-darmonga bölgan ehtiyojini töliq qondiriş uçun farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantiriş, samarali, va şifobaxş tibbiy vositalarni özimizda işlab çiqariş muhim ahamiyatga ega.
Şundan kelib çiqqan holda farmatsevtika tarmoğini jadal rivojlantiriş uçun qulay şart-şarotlarni ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabrdagi «Farmatsevtika tarmoğini boşqariş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ-3532-sonli qarori qabul qilindi













