Olimlar Marsda suyuq holatda suv borligining ilk isbotlarini aniqlaşganini e'lon qilişdi. Suv köndalangiga 20 km keladigan kölda bölib, köl sayyoraning janubiy qutbida joylaşgan va qalin muz ostida yaşiringan.

SCIENCE PHOTO LIBRARY

Avval olimlar Mars sirtida ba'zida eriyotgan muzliklarning suvi bir muddat oqişi mumkinligi, ammo sayyoradagi past bosim sababli bu suv tez buğlanib ketişini taxmin qilişgan. Biroq endi Qizil sayyorada doimiy ravişda suyuq suv mavjud deb öylaşga ilk asoslar paydo böldi.

NASAning «Kyuriositi» marsoxodi avvalroq sayyora yuzasida qurigan köllar mavjudligini aniqlagan va bu bilan ötmişda Marsda suv bölgani isbotlangandi.
Sayyorada haroratning sezilarli ravişda pasayib ketgani oqibatida suvning aksariyat qismi muzga aylangan.

Foto: NASA

«Bu unça katta bölmagan köl bölişi kerak», - deydi tadqiqot rahbari, Italiya astrofizika milliy instituti professori Orosei.

Radar suv qatlamining qalinligini ölçay olmadi, ammo olimlar uning bir metrdan kam emasligini taxmin qilişmoqda.

«Uni suvli rezervuar deb ataşga asos bor. Bu şunçaki toğ jinsi va muz qatlami orasida qolib ketgan suv bilan töla köl emas», - dedi professor.

Foto: ESA/INAF

Köl qanday topildi?
Marsis radari sayyora yuzasini va tuproqning yuqori qatlamini tadqiq qiladi, elektromagnit tölqinlar tarqatadi va qaytgan signallarni örganadi.

Yuqoridagi suratda uzluksiz yorqin çiziq sayyora janubiy qutbidagi qatlamni aks ettiradi. U çang va muzlagan suvdan iborat aralaşmadan taşkil topgan.
Ammo olimlar uning ostida ğayrioddiy narsa borligini payqaşdi.

«Moviy rang bilan signal sayyora yuzasidan köra yaxşiroq kelgan hudud ifodalangan. Bu esa suv mavjudligidan darak beradi», - deb izohlaydi professor Orosei.