Mars sirtida yoki hatto unça çuqur bölmagan joylarda suyuq holatdagi suvni topiş ehtimoli nihoyatda past. Qizil sayyorada suv oqimlari harakatining ehtimoliy belgilari haqida fanga ma’lum barça ma’lumotlarni umumlaştirgan olimlar şunday xulosaga keldi. Bu haqda Proceedings of the National Academy of Sciences jurnali xabar bermoqda.

Planetologlar uzoq ötmişda Mars dengizlar, daryolar, köllar va yomğirli bulutlardan iborat tölaqonli gidrosferaga ega bölganiga deyarli şubha qilmaydi. Suv manbalari nima sababdan yöqolib ketgani bahsli masala. Farazlardan biriga köra, suvning katta qismi koinotga buğlanib ketgan bölsa, boşqa farazda “yerga yutilgani”, ya’ni suv molekulalari qattiq jinslarning kristall strukturasiga singib ketgani aytiladi, bu jarayon gidratatsiya deyiladi.

Ammo gap şundaki, hozirgi kunda Marsdan olingan suratlarda juda şubhali belgilar kuzatilmoqda. Masalan, janubiy yarimşardagi Kimmeriya yeri markazidagi ayrim qiyaliklarda sirli çiziqlar paydo bölmoqda. Bu çiziqlar yilning iliq faslida paydo bölib, sovuq faslda yöqoladi. Bu esa Marsdagi yoz mavsumida uşbu hududlarda qandaydir jilğalar oqişi haqidagi fikrlarni keltirib çiqarmoqda.

Bundan taşqari, Qizil sayyoraning şimoliy qutbi yaqinidagi “Mars Arktikasi”da suvning ehtimoliy belgilari aniqlandi. Ularni öşa yerda işlayotgan “Feniks” zondi öz tayanç ustunlarini tasvirga olayotganda payqagan: ustunlarda muzlagan suv tomçilariga juda öxşaş kiçik oq dumaloqlar paydo bölgan.

Hozirga qadar bunday holat nazariy jihatdan mumkin deb hisoblanadi: Marsdagi qattiq sovuqqa qaramasdan, agar juda ötkir va konsentrlangan tuzli eritmadan iborat bölsa, sayyorada suv mavjud bölişi mumkin. Tuz suvda antifriz vazifasini bajarib, muzlaş darajasini pasaytiradi. Marsda bunday tuzli eritma bölişi mumkinligi taxmin qilinadi. Eritmalarning tegişli konsentratsiyasida suv minus 75 daraja Tselsiyga qadar suyuq holatda qolişi mumkin. Aytgança, Marsdagi örtaça harorat Tselsiy böyiça minus 50 darajani taşkil etadi. Demak, haqiqatan ham nisbatan iliqroq vaqt oraliğida bunday eritma hosil bölişi mumkin.

Biroq Marsdagi juda past atmosfera bosimi jarayonga tösqinlik qiladi: suv faqat yetarli bosim ostidagina suyuq holatda böla oladi, aksinça muz qizdirilganda töğridan töğri gaz holatiga ötadi. Şu sababli, Marsda suv bor-yöqligi haqidagi bahslar davom etmoqda.

Olimlar Mars yuzasida suyuq namakoblarning mavjudligini mutlaqo inkor etib bölmasa-da, bu imkoniyat çegarasining eng sönggi nuqtasida turadi, ya’ni amalda deyarli imkonsiz, degan xulosaga keldi. Sayyoraşunoslarning ta’kidlaşiça, Marsda ğalati mavsumiy çiziqlarning paydo bölişini qum va çang oqimlarining harakati bilan ham tuşuntiriş mumkin.