Terining har bir santimetrida 100 minggaça mikroorganizmlar “qönim topadi”. Aksirganimizda bakteriya va virusli suyuq tomçilar deyarli bir metr masofaga uçadi.

— Mikroorganizmlar hayotining davomiyligi köplab omillarga boğliq, - deydi Nyu-York univeriteti mikrobiologi Filip Terno. —Viruslar köpayişi uçun boşqa organizm hujayrasiga tuşişi kerak. Şuning uçun undan taşqarida ular bakteriyalarga qaraganda kamroq yaşaydi. Biroq ular uydagi turli yuza qismlarda yaşaşda davom etadi. Bakteriyalar esa organizmdan taşqarida köpayiş qobiliyatiga ega, şuning uçun köproq yaşaydi.

Mikroblar hayotining davomiyligiga namlik va harorat ta'sir qiladi.

Heç bir bakteriya yoki virus namlik darajasi 10 foizdan kam bölgan quruq joyda yaşay olmaydi. Ular har qanday oziq moddalari – ovqat qoldiqlari, teri, qon, şilliq qavat hujayralari mavjud bölgan joylarda faol ravişda köpayadi. Şuning uçun idiş-tovoqlarni yuviş gubkasi  - mikroorganizmlarning hayoti uçun juda qulay joy.

Foto: guia-medica.net

Sil kasalligini çaqiruvçi Kox tayoqçasi tegişli bölgan mezofillar bakteriyasi köpayadigan muhit xona haroratidir. Şuning uçun ham ular sovuq va iliq haroratni yaxşi köradigan mikroorganizmlarga qaraganda uzoq yaşaydi. Göşt qiymasida uçraşi mumkin bölgan bakteriyalar xona harorati va normal namlikda bir neça soatdan bir neça sutkaga qadar yaşaydi va oşqozon-içak tizimining buzilişiga olib kelişi mumkin. Içak grippini çaqiruvçi kalitsivirus esa bir neça kun va hatto haftalar davomida yaşaydi. OIV  esa oçiq havoda deyarli darhol nobud böladi.

Noqulay şaroitga moslaşiş uçun ba'zi mikroorganizmlar mustahkam qobiqni şakllantiradi.

Bakteriyalarning bu holati spora deb nomlanadi. Spora holatidagi bakteriyalar ekstremal harorat va namlikka çidamli böladi.

Foto: pixabay

Masalan, yuqumli zaharlaniş şoki, oşqozon-içak tizimining buzilişi va yara infeksiyalarini qözğatuvçi tillarang stafilokokk bakteriyasi ana şunday yöl tutadi. Terno sözlariga köra, stafilokok sporalari quruq kiyimda bir neça hafta davomida yaşaydi va undagi teri qoldiqlari bilan oziqlanadi. Sibir yalliğlanişini qözğatuvçi antraks batsillasi esa spora holatida bir neça ön va hatto yuz yil yaşaydi.