AQŞda olimlar şamollaş va gripp viruslarini yuqtiriş xavfini 99,9 foizgaça kamaytiradigan burun spreyi ixtiro qildi, deb yozmoqda New Atlas.
Patogenlarni tutib olib, zararsizlantiruvçi sprey (PCANS) tarkibida heç qanday dori vositalari mavjud emas. Buning örniga u burunning içki qismini qoplaydigan gel hosil qiladi. Bu gel foydalanuvçining nafas olişiga ta’sir qilmasa-da, burun orqali kirgan har qanday virus yoki bakteriyalarni uşlab, ular nobud bölgunça harakatsizlantiradi.
Işlanma gripp, adenovirus, pnevmoniya va hatto koronavirusda sinovdan ötkazildi — ularning heç biri burundan nariga ötmadi.
Harvardga aloqador Brigham and Women’s Hospital şifoxonasi olimlari tomonidan yaratilgan sprey laboratoriya siçqonlarida sinovdan ötkazildi. H1N1 gripp virusining siçqonlarga moslaştirilgan şakli tajribadagi kemiruvçilarga ölimga olib keladigan dozadan 25 baravar köproq miqdorda yuborilganda ham sprey ularni himoya qildi. Bundan taşqari, siçqonlarning öpkasidagi virus darajasi 99,99 foiz pasaydi. Sprey kemiruvçilarning burnida sakkiz soatgaça saqlanib, kamida tört soat davomida infeksiyani samarali tösdi.
PCANS hali odamlarda sinovdan ötkazilgani yöq, ammo u 3D printerda çop etilgan inson burni modelida qöllandi. Bu tajribada PCANS oddiy şilliqqa nisbatan ikki barobar köp mikroblarni tutib oldi.
“U biz sinovdan ötkazgan barça virus va bakteriyalarning deyarli 100 foizini, jumladan, gripp, SARS-CoV-2, RSV, adenovirus, pnevmoniya K va boşqalarni bloklab, zararsizlantirdi”, — deydi tadqiqot boş muallifi doktor Jon Jozef.
Agar odamlar orasida sprey sinovi muvaffaqiyatli ötsa, u 2026 yilda sotuvga çiqarilişi mumkin. Olimlar spreydan kelgusida allergiyaga qarşi foydalaniş ham mumkin, deb hisoblamoqda.
Avvalroq AQŞda kuçli qon ketişini bir neça soniyada töxtatişga qodir gel işlab çiqilgandi.







