Özbekiston va Tojikiston prezidentlari Özbekistonning Roğun GES qurilişi ikkinçi bosqiçidagi iştiroki töğrisida kelişib olişlari mumkin.

Tojikiston Siyosatşunoslar milliy uyuşmasi raisi Abduğaniy Mamadazimov «AP»ga bergan intervyusida şunday dedi.

Abduğaniy Mamadazimov
Foto: DW/G.Fasxutdinov

«Toşkent Roğun GES qurilişi uçun 300-500 million AQŞ dollariga teng mablağni ajratişi mumkin. Özbekistonning Tojikiston gidroenergetikasi giganti qurilişidagi moliyaviy iştiroki önlab yillar mobaynida ikki mamlakat örtasida barqaror munosabatlar saqlanib qolişini kafolatlaşi, hamda qöşni davlatning suğoriş mavsumida muammosiz içimlik suvi olişi kafolatiga aylanişi mumkin», - deya ta'kidlab ötdi Mamadazimov. 

Uning sözlariga köra, Şavkat Mirziyoyev Özbekiston prezidenti bölgaç, ikki qöşni davlat rahbarlari Tojikiston-Özbekiston munosabatlarida qöldan çiqarilgan barça narsaga erişmoqçi.

«Mirziyoyevning Duşanbega ilk davlat taşrifi yakunlari böyiça 27ta muhim bitim imzolandi. Imomali Rahmonning Toşkentga davlat taşrifi paytida ham Özbekiston va Tojikiston örtasida bundan kam bölmagan miqdorda hujjatlar imzolanadi. Bu ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarda qöldan çiqarilgan imkoniyatlarga erişiş borasida jiddiy bel boğlaganidan dalolat beradi», - deya hisoblaydi siyosatşunos. 

Uning işonç bildirişiça, Rahmonning 17-18 avgust kunlari Özbekistonga rejalaştirilgan taşrifi yakunlariga, Toşkent xuddi Moskva, Pekin, Ostona va Aşxobod bilan bölgani kabi Duşanbening strategik hamkoriga aylanadi.

«Öylaymanki, Afğoniston bilan çegaradoş bölgan Özbekiston va Tojikiston bu mamlakatdan kelayotgan tahdid darajasini juda yaxşi tuşunadi, şuning uçun Mirziyoyev va Rahmon tomonidan imzolanadigan asosiy hujjatlardan biriga xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlaş masalasi aylanadi», - deya ta'kidlab ötdi ekspert.

Bundan taşqari, Mamadazimovning fikriça, Özbekiston va Tojikiston prezidentlari Markaziy Osiyodagi mintaqaviy muammolarni hal etiş böyiça yagona pozitsiyani muvofiqlaştirib oladi.