Tojikiston va Özbekiston 17-18 avgust kunlari prezident Imomali Rahmonning Toşkentga rejalaştirilgan taşrifi yakunlari böyiça ikki davlatning taşqi tajovuzga birgalikda kuraşiş töğrisidagi bitimni imzolaş niyatida. Bu haqda «AP» Tojikiston hukumatidagi manbaga asosan xabar qilmoqda
Manba ma'lumotlariga köra, Rahmonning Özbekistonga davlat taşrifi yakunlariga köra, tomonlar jami 23ta yangi hujjat va bitimni imzolaşi kutilmoqda.
Xavfsizlik sohasidagi kelişuvlardan taşqari, kinematografiya, gidrometeorologiya sohalarida ham hamkorlik töğrisida qöşma hujjatlarni imzolaş rejalaştirilgan.
«Özbekiston bir neça marotaba Tojikistonning an'analar, bayramlari va marosimlarini tartibga soliş böyiça tajribasini örganiş istagini bildirgan. Bu respublikada ön yildan ziyod vaqt davomida muvaffaqiyatli amalga oşirib kelinmoqda. Rahmonning Özbekistonga taşrifi çoğida yuqorida qayd etilgan sohada hamkorlik töğrisidagi bitim imzolanişi kutilmoqda», - deya ta'kidlab ötgan manba.
Bundan taşqari, Tojikiston va Özbekiston strategik şeriklik, ikki davlat çegaralarini töliq demarkatsiya va delimitatsiya qiliş töğrisida bitim imzolaydi.
Eslatib ötamiz, 9 mart kuni Şavkat Mirziyoyevning Duşanbega davlat taşrifi yakunlariga köra, Tojikiston va Özbekiston tojik-özbek hamkorligining asosiy yönalişlarini qamrab olgan 27ta kelişuvni imzoladi, ulardan eng asosiysi fuqarolarning özaro taşriflari va viza rejimini bekor qiliş töğrisida edi.

















