Toshkentga investitsiyalar hajmi 1 yilda 6 barobar oshdi
O‘zbekistonga investitsiya kiritayotgan davlatlar orasida yetakchilikni Qozog‘iston, keyingi o‘rinlarda Rossiya, Turkiya davlatlari egallab turibdi. Bu haqida 29 avgust kuni o‘tkazilgan Xalqaro Press klub sessiyasida Toshkent shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiya, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sharof Rahmonov ma'lumot berdi.
«8 oy davomida Toshkentga 140 mln dollar miqdorida investitsiya kiritilgan. Taqqoslash uchun o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 24 mln dollarga teng edi. Poytaxtda xorij kapitali bo‘lgan 3800 kompaniya ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Afsuski, ularning 500tasi faoliyat ko‘rsatmayapti», – degan hokim o‘rinbosari.
Shu muddat davomida O‘zbekistonga jami 140 mln. AQSh dollari investitsiya qilingan. Ayni paytda birgina Toshkent shahrida 3800 nafar xorijlik investor faoliyat yuritmoqda.
«Kun.uz» muxbiri xabar berishicha, anjumanda xorijiy investorlar uchun foydalanilmayotgan bino, yerlarni berish tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida ham ma'lumot berib o‘tilgan. Toshkent shahrida 290ga yaqin bo‘sh turgan davlat obektlari mavjud. Ularni investorlarga berish uchun aniq mexanizm yaratilgan. Unga ko‘ra, bo‘sh binolar «nol» qiymatda beriladi yoki belgilangan bozor narxida sotiladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ta'mirlashga juda katta mablag‘ talab qilinadigan obektlargina «nol» qiymatda beriladi, chunki bunday turdagi binolarni mahsulot ishlab chiqarishga tayyor holatga keltirishga ancha xarajat talab etiladi. Bu esa investor uchun foydadan ko‘ra, zarar hajmini ko‘paytirishi mumkin. Boshqa kichik obektlarga esa belgilangan bozor narxi qo‘yiladi.
Respublika Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Najmiddinxo‘ja Sharipov davlat yerlarini xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida tushuncha berib o‘tdi.
«Yangi kiritilgan tartibga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligiga davlat obektlarini tasarruf etish huquqi berildi. Bunda birinchi qadam bo‘sh turgan davlat obektlarini xatlovga olish bo‘ladi. Oldingi tartibga asosan, xususiylashtirish faqat prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarori bilan amalga oshirilardi. Yangi farmonda Toshkent shahar hokimligi bu ishni bajarish huquqiga ega bo‘ldi. Endi tadbirkorlar ortiqcha vaqt sarflashmaydi. Bevosita shahar hokimligiga murojaat qilishlari mumkin. Agar investor ma'lum hududda samarali foydalanilmayotgan obektlar haqida hokimlikka o‘rganish uchun taklif bilan chiqsa, biz bu masalani ko‘rib chiqamiz. Haqiqatan o‘sha bino foydalanilmayotgan bo‘lsa, bino egasiga 1 oy muddat beriladi. Samarali foydalanish bo‘yicha aniq reja taqdim qilinmasa, hokimlik obektni ruxsatsiz olib qo‘yish va tassarruf etish huquqiga ega bo‘ladi», deya Sharipovning so‘zlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
22:46 / 26.10.2024