Global isishni 17 yildan keyin to‘xtatishning imkoni bo‘lmaydi
Agarda insoniyat yaqin 17 yil ichida is gazi chiqishini kamaytirmasa, Yer atmosferasidagi o‘zgarishlarni to‘xtatib bo‘lmay qoladi, havoning o‘rtacha harorati 2 darajadan oshib ketishining oldini olishning esa umuman imkoni qolmaydi. Bu haqda Utrext universiteti iqlimshunoslarining Earth System Dynamics jurnalida chop etilgan tadqiqotlarida ma'lum qilindi.
2015 yilda qabul qilingan Parij kelishuvi parnik gazlari chiqarishni kamaytirishni ko‘zda tutadi.
Olimlarning taxminicha, atmosferaga antropogen ta'sirning kamayishi Yer harorati o‘sishini 2 daraja atrofida ushlab turadi, hozirda Yer harorati sanoat davrigacha bo‘lgan holatdan 1 darajaga iliqroqdir.
Tadqiqotchilar iqlim o‘zgarishining matematik modulini tuzishdi.
Natijada olimlar insoniyat yaqin 17 yil ichida parnik gazlari ajralib chiqishini qisqartirmaydigan bo‘lsa, Parij kelishuvidagi vazifalar amalga oshmaydi, degan xulosaga kelishdi.
Avvalroq Avstraliya milliy universiteti iqlimshunoslari hattoki Parij kelishuvi bajarilgan taqdirda ham Yerdagi harorat yana 3-4 darajaga ko‘tarilishini hisoblab chiqishgandi.
Bunga abadiy muzlikning erishi, okeanlar tubidan metangidratlar ajralib chiqishi,tropik va Shimoliy yarimshardagi o‘rmonlarning yo‘qolib borishi sabab bo‘lishi aytilgan.
Mavzuga oid
19:03 / 07.11.2024
2024 yilda o‘rtacha global harorat 1,5 darajaga oshadi. Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvida bunga yo‘l qo‘ymaslik belgilangan
08:30 / 25.10.2024
Sanepidqo‘mita sinfxonalarda me’yordagi harorat qancha bo‘lishi kerakligini tushuntirdi
16:14 / 18.10.2024
Dam olish kunlari harorat nisbatan ko‘tariladi
13:10 / 30.09.2024