Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda erini pichoqlagan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi
Buxoro viloyati, Olot tumani, “G‘anji-Chandir” MFYda yashovchi M.Davlatova turmush o‘rtog‘i K.Qurbonov bilan Olot tumani, “Arabxona” MFYda vaqtincha tashkil qilingan buyum bozorida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolishadi. Shunda ayol bozorda savdo vaqtida foydalanib kelgan qo‘lidagi oshxona pichog‘ini erining qorin sohasiga sanchib, og‘ir jarohat yetkazib, hayotiga xavf soluvchi belgilarga ko‘ra qasddan badaniga og‘ir shikast yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan M.Davlatovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi uchun sud muhokamasiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Olot tuman sudida sudlanuvchi M.Davlatova Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topildi. U sud majlisida aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, qilmishidan pushaymonligini, shaxsini, muqaddam sudlanmaganligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligini, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini 55-moddasiga asosan jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb, uning harakatida jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud emas deb baholanib, sudlanuvchiga nisbatan jazo masalasi muhokama qilindi. Sudlarning qonuniylik, insonparvarlik, odillik va javobgarlikning muqarrarligi tamoyillariga rioya qilishlari lozimligi to‘g‘risidagi talablarga amal qilgan holda sudlanuvchi M.Davlatovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026