O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ilgari xususiylashtirilgan obektlarni xo‘jalik faoliyatiga jadal jalb etish bo‘yicha amaldagi mexanizmni mulk huquqining vujudga kelish asoslari va egallagan maydon hajmidan qat'i nazar, barcha toifadagi qurilishi tugallanmagan obektlar, bo‘sh turgan binolar, noturar inshootlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlariga nisbatan tatbiq etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.

Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan obektlardan samarali foydalanish bo‘yicha namunaviy tarkibdagi idoralararo komissiyalar;

tumanlar (shaharlar)da foydalanilmayotgan obektlardan samarali foydalanish bo‘yicha namunaviy tarkibdagi ishchi guruhlar tuziladi.

Idoralararo komissiyalar rahbarlari etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, ishchi guruhlar rahbarlari etib tegishli tuman (shahar) hokimlari belgilandi.

Idoralararo komissiyalarga quyidagilar amalga oshirilishini tashkil etish va nazorat qilish yuklatildi:

doimiy monitoring natijalariga ko‘ra tegishli hududdagi foydalanilmayotgan obektlarni aniqlash va ularning ro‘yxatlarini shakllantirish;

foydalanilmayotgan obektlar faoliyatini tiklash, ishlab chiqarishni tashkil etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” va investitsiya loyihalarini mulkdorlar bilan birga ishlab chiqish, shuningdek, ularni tasdiqlash;

foydalanilmayotgan obektlar faoliyatini tiklash bo‘yicha takliflarni taqdim etmagan yoki tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijrosini ta'minlamayotgan mulkdorlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan ta'sir choralarini qo‘llash haqida xulosalar chiqarish;

davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish va ishchi guruhlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish;