Yoşlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat, an'analarga sadoqat, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan madaniy, ilmiy, ijodiy meroslarni örganiş, ularga munosib avlod böliş ruhida kamolga yetişlarida  bugungi avlodning öz örni bor. Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi saytida e'lon qilingan maqolada bugungi kunda jahon arenasiga çiqiş uçun bor imkoniyatlardan foydalana olyapmizmi, degan muşohada yuzasidan fikr yuritilgan. 

Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining dasturi va saylovoldi Platformasida ulğayib kelayotgan yoş avlodni har tomonlama barkamol bölib voyaga yetişlari uçun milliy qadriyatlarimizni, tariximizni, buyuk allomalar, fan va madaniyat darğalari bölgan buyuk şaxslarimizning hayoti va faoliyatini tarğib qiliş, yoşlarimizda milliy ğurur va iftixor tuyğularini uyğotiş muhim vazifa etib begilangan.

Respublikamiz poytaxti Toşkent – nafaqat toşkentliklar balki barça viloyatlik yoşlar, butun mamlakatimiz aholisi, xorijlik mehmonlar ham katta e'tibor qaratadigan rivojlangan, qadrli şahar. Ayniqsa, talabalikdek oltin davrni bu azim şaharda ötkazgan yoşlar, bir umr faxr bilan takror-takror unga talpinadilar. Millatimiz faxri bölgan bu qadim Şoş bugungi kunda dunyoning eng maşhur şaharlari bilan özining boy arxitekturasi, qadimiyligi, zamonaviyligi, Şarq gavhari ekanligi bilan bellaşa oladigan şahri azimga aylanib bormoqda.

Toşkent metropoliteni esa, eng gavjum, tezkor yölovçilar uçun har tomonlama qulay transport vositadir. Metro bekatlarining bugungi kunda qanday jihozlangani, ayniqsa, buyuk  allomalarimiz, fan, adabiyot, san'at namoyandalarining nomlari berilgan bekatlarga e'tibor qaratsak.

Mavjud 29 ta bekatdan 9 tasiga buyuk allomalarimiz, taniqli şaxslarning nomlari berilgan: Beruniy,  Amir Temur, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Ğofur Ğulom, Hamid Olimjon va Oybek. Bugun axborot asrida yaşamoqdamiz. Har bir nigohimizda körganimiz, har on eşitganimiz bu tezkor davrning turfa yangiliklaridan xabardor etmoqda.

Toşkent yerosti yöli bekatlari ham zamon talabidan kelib çiqib, reklama va e'lonlarga boy. Yölovçilarning aksariyatini yoşlar va mamlakatimizning uzoq-yaqin viloyatlaridan, qöşni davlatlardan kelgan mehmonlar taşkil etadi. Kamida 5 daqiqagaça metro poyezdlarining kelişini kutib turişni hisobga olsak, metro bekatini kuzatişga vaqt bemalol. Ammo qiziquvçan yölovçilarga kerakli ma'lumotlar beruvçi e'lon reklamalar zina maydonlariga qöyilgan. Metro bekatining içki hududida turli bezak va naqşlar, çiroqlardan boşqa diqqatni tortadigan ma'lumotlar yöq. Ayniqsa, buyuk ajdodlarimiz, mutafakkirlarimiz, maşhur şaxslar nomi berilgan bekatlarda. Xöş, bu insonlar kim bölgan, ularning hayoti, ijodiy, ilmiy faoliyati haqida ma'lumotlar kiraverişda yoritilsa, içki devorlarda ularning tafakkur durdonalari, asarlari qahramonlarining talqinlari, maşhur törtliklari ifoda etilsa, maqsadga muvofiq bölar edi. Masalan, Alişer Navoiy metro bekati içki devorlariga “Xamsa” kitobidagi 5 ta doston nomlari yozilgan. Şu asarlar nomlariga diqqat bilan boqib turgan öquvçi qizçani fotolavhaga muhrladik.

 

 

Mana şu bekatda hazrat Navoiyning hayoti va ijodi haqida qisqaça ma'lumotlar lavhasi bölişi kerak. Hikmatga boy ruboiylaridan namunalar şarqona uslubda yozilsa, uning asarlari asosida olingan film yoki spektakllardan fotolavhalar bilan jihozlansa yölovçilarning “şoirlar sultoni” haqidagi taassurotlarini yanada kengaytirgan bölar edik. Xuddi şu mulohazalar boşqa bekatlarga ham tegişlidir.

Yana bir masala bu - metro bekatlarining nomlarini e'lon qilinişi ham mentalitetimizga va adabiy til me'yorlariga, sözlaşuv madaniyatiga ham mos deb bölmaydi. Agar e'tibor bersangiz vagonlarda quyidagiça e'lon  beriladi: “Keyingi bekat- Beruniy! Yoki Hamid Olimjon”, deyilişi ham ğaliz eşitiladi. Özbekona çiroyli jumla bilan ifoda etilsa örinli böladi, degan taklifni bildirmoqçimiz. Masalan, “Hurmatli, yölovçilar, keyingi - Abu Rayhon Beruniy nomidagi bekat”.

Ma'lumki, har bir metro bekatida monitorlar örnatilgan. Agar mazkur monitorlarda yurtimizning turizm salohiyati, madaniy meros obektlari, bugungi bunyodkorlik işlarini tarğib etuvçi roliklar namoyiş etilsa, yoşlarimiz, poytaxt mehmonlari uçun foydadan holi bölmas edi.

Şiddatkor zamon bilan hamnafas bölib, ilğor texnologiyalar, innovatsion ğoyalar taşabbuskori  sifatida maydonga çiqayotgan yoşlarimizga  bugungi taraqqiyotning asosi milliy qadriyatlar, buyuk allomalarimiz moddiy va ma'naviy merosi, ma'naviy jasorat egalari bölgan ota-bobolarimiz mehnati samarasi ekanligini barça jabhalarda tarğib etiş orqali, partiyamiz dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oşirişga öz hissamizni qöşgan bölamiz.