Havo harorati ko‘tarilgani sabab Toshkent yerusti metrosida harakat tezligi cheklanadi
Toshkent metropoliteni ma'muriyati ob-havo keskin isishi sababli kunduzgi vaqtda yerusti liniyalarida poyezdlar tezligi pasaytirilishini ma'lum qildi.

«Havo harorati keskin ko‘tarilishi natijasida, harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida, poyezdlar Toshkent yerusti Halqa yo‘lida soat 18:00gacha soatiga chegaralangan tezlik (30-35 km/soat)da harakatlanadi», – deyiladi rasmiy bildirishda.
Kompaniya bu cheklov kunning qaysi vaqtidan boshlab amal qilishi va qachongacha davom etishiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida metroning Sergeli yerusti yo‘lida poyezd to‘xtab qolib, yo‘lovchilar temir yo‘l bo‘ylab piyoda ketishiga to‘g‘ri kelgan, bunga yo‘nalishdagi kontakt relsining kronshteynni ushlab turish qurilmalaridan chiqib ketishi sabab bo‘lgandi.
O‘shanda yo‘nalishda harakat 6 soatga to‘xtab qolgan, metropoliten rasmiylari bu holni havo haroratining isishi bilan bog‘lab izohlagandi.
«Biz bilgandik shunaqa bo‘lishini, shunga tayyorgarlik ko‘rgandik. Faqat bir oydan keyin boshlanadi deb turgandik. Chunki bu havo haroratining ko‘tarilishi bilan bog‘liq holat edi. Bilardik relslarning uzayishini. Temir yo‘lda ham bor bu narsa. Hammasini hisobga olib qo‘yganmiz, lekin hali vaqt bor deb o‘ylagandik. Harorat 20 gradus bo‘lgani uchun hali bor deb o‘ylagandik, shunday holat yuz berib qoldi», – degandi «Toshkent metropoliteni» UK rahbari Oybek Xudoyqulov.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

22:58 / 02.06.2021
Sergeli–Qo‘yliq yer usti metrosi qurilishida 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi

08:38 / 25.05.2021
Metroda yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi normativ hujjatlar amalda mavjud emas - Agentlik

23:42 / 24.05.2021
Kuala-Lumpur metrosida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 166 kishi jarohat oldi

12:59 / 24.05.2021