Yerda «kuzgi tengkunlik» o‘tib bormoqda
23 sentabr, 2018-yil, Yerning shimoliy yarim sharida astronomik kuz, janubda esa bahor keldi. Bu kunni astronomlar «kuzgi tengkunlik», deya atashadi.
Bugun ekliptika bo‘ylab harakatlanuvchi quyosh osmon ekvatori bilan kesishadi va shimoliy yarimshardan janubiy yarimsharga o‘tadi. Kuzgi tenglik kunida Quyosh to‘liq sharqdan ko‘tariladi va shu holatda g‘arbda botishi aniqlangan, ya'ni ufqda 12 soat va ufq ostida 12 soat, ya'ni kun tunga tengdir.
Tabiatdagi kuzgi tengkunlik davri don va urug‘larni to‘plash bilan bog‘liq bo‘lib, qattiq qishdan keyin yana bahorda qaytalanadi. Shuning uchun, turli xalqlar orasida kuzgi ta'tillar har doim hosil yig‘ish, qishga tayyorgarlik va ekin yakunlariga bog‘liq bo‘lib kelgan. Bundan tashqari, kuzgi tengqur kuni astrologiyada yil davomidagi eng qudratli kuchlardan biri namoyon bo‘ladigan palla hisoblanadi va u asosiy bayramlardan biridir.
Mavzuga oid
21:58 / 04.11.2024
Sariq va qizil ranglarda tovlanayotgan Toshkent - fotojamlanma
18:16 / 05.12.2023
Ortda qolgan kuz O‘zbekiston tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
09:44 / 29.10.2023
Oltin kuz tarovatidan zavqlanayotgan Toshkent – fotojamlanma
12:42 / 12.09.2023