Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ortda qolgan kuz O‘zbekiston tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
2023 yilning noyabr oyi va umuman kuz fasli O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi. Oktyabrda harorat o‘rtacha iqlimiy me’yordan 1,5-2,5 darajaga, noyabrda esa 3-6 darajaga yuqori bo‘lgan.

Havoning o‘rtacha statistik harorati keskin o‘zgarib turishi noyabr oyi uchun xos, bunday o‘zgarib turishlar joriy yil noyabrda ham kuzatildi, lekin boshqa yillardan farqi, bu o‘zgarib turishlar yuqori harorat fonida sodir bo‘ldi.
Oyning katta qismida havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga nisbatan yuqori bo‘ldi va faqat sovuq davrda iqlimiy me’yorgacha pasaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
Barcha hududlarda harorat o‘rtacha iqlimiy me’yordan 3-6 darajaga yuqori bo‘ldi.
Shu tariqa, 2023 yil noyabr oyi O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issiq noyabr oyi reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Eng issiq kunlarda maksimal havo harorati 23-28 daraja iliqqa yetdi. Minimal harorat faqat respublikaning shimolida manfiy (minus) qiymatlargacha pasaydi.
Odatda, respublika hududining katta qismida noyabr oyining birinchi yarmida kunduzgi harorat 15-20 daraja iliq, ikkinchi yarmida esa 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 2023 yil noyabr oyida esa bunday tendensiyalar kuzatilmadi, oyning boshida ham, oxirida ham haroratning yuqori qiymatlari kuzatildi.
2023 yil noyabr oyi respublika bo‘yicha nisbatan quruq bo‘ldi. Respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kam va me’yor atrofida bo‘ldi.
Respublikaning tekislik hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik faqat yomg‘ir ko‘rinishida yog‘di. Respublikaning tog‘li hududlaridagina qor yog‘ishi kuzatildi.
Me’yorga nisbatan noyabr oyi 2023 yilning kuz mavsumidagi eng issiq oy (me’yordan 3-6 daraja iliq) bo‘ldi. Oktyabr oyida oyning o‘rtacha harorati me’yordan 1,5-2,5 darajaga yuqori, sentabr esa o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi.
Umumiy olganda, 2023 yil kuzi O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issiq bo‘ldi. Ob-havo sharoitiga ko‘ra, o‘zbekistonliklar haqiqatan ham baxmal (barxat) mavsumiga guvoh bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

15:38 / 14.07.2025
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda

16:38 / 11.07.2025
Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda

23:03 / 08.07.2025
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz

14:20 / 08.07.2025