Bojxonachilar qanday holatlarda xorijdan pochta jo‘natmasini ochish huquqiga ega?
Har bir xalqaro pochta jo‘natmalari (XPJ) bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organlariga qabul qiluvchi, tovarning nomi, vazni, miqdori va ma'lum qilingan qiymati to‘g‘risida ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan bojxona deklaratsiyasi taqdim etiladi
Agar XPJlar bo‘yicha bojxona deklaratsiyalarida ushbu bandning birinchi xatboshisida qayd etilgan ma'lumotlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalangan holda bojxona ko‘zdan kechiruvini o‘tkazish vaqtida zarur bo‘lgan hollarda XPJlarni ochishni talab qilish huquqiga ega.
Bu Davlat bojxona qo‘mitasining 2 oktabrdagi “Xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari ustidan bojxona nazorati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Xalqaro kurerlik jo‘natmalari (XKJ) bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organlariga bojxona deklaratsiyasi hamda majburiy ravishda elektron xabar shaklida oldindan berilishi lozim bo‘lgan quyidagi ma'lumotlar taqdim etiladi:
- qabul qiluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
- qabul qiluvchining manzili;
- qabul qiluvchining pasport seriyasi va raqami yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
- pochta aloqasi operatori yoki provayderining nomi;
- jo‘natuvchi davlat;
- jo‘natmaning tavsifi;
- jo‘natmaning qiymati.
Oldindan kelib tushgan elektron ma'lumotlar bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma'lumotlar bilan nomuvofiqligi aniqlanganda yoxud elektron ma'lumotlar mavjud bo‘lmaganda, bojxona qonunchiligi bilan o‘rnatilgan bojxona nazorati shakllari va choralari qo‘llaniladi.
Oldindan kelib tushgan elektron ma'lumotlar mavjud bo‘lmaganda va/yoki ular qisman taqdim etilsa, XKJlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi mazkur bandning to‘rtinchi - o‘ninchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma'lumotlar bojxona organlariga pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Bunda 3000 AQSh dollargacha bo‘lgan tovarlar elektron tijorat orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan va bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan, pochta xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga muvofiq realizatsiya qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
17:38 / 05.11.2024
Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta orqali yetkazish yo‘lga qo‘yiladi
12:04 / 02.01.2024
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari ishlab chiqildi
11:13 / 30.11.2022
Davlat organlari pochta jo‘natmalarini yagona milliy tizim orqali yuboradi
07:36 / 11.06.2022