Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan quyidagi pochta jo‘natmalari yagona milliy tizim orqali yo‘llanadi:

  • yuridik va jismoniy shaxslar nomiga yuboriluvchi xat-xabarlar, ular tomonidan yo‘llangan murojaatlarga yozilgan javob xatlari;
  • to‘lov xabarnomalari va bildirishnomalar;
  • chaqiruv qog‘ozlari, sud xabarnomalari va protsessual hujjatlar;
  • davlat xizmatlarini ko‘rsatish natijalari;
  • ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun jarimaga tortish to‘g‘risidagi qarorlar.