Kulmang! Kulişga şoşmay turing. Agar sizning uyingizni suv bossa, «Suvoqova» korxonasiga telefon qilib, uç marta borib ham işingiz bitmasa, barça tegişli taşkilotlarga kirib çiqsangiz-u heç kim eşitişni istamasa, bir umr mehnat qilib, epaqaga keltirgan uyingiz köz oldingizda avariya holatiga kelib qolişiga tomoşabin bölib tura olasizmi? Najot kutib, yonğin xavfsizligi bölinmasi tugul, ösimliklarni himoya qiliş inspeksiyasiga ham telefon qilib yuborasiz.

Bundan bir neça kun oldin — 30 sentabr keç soat 18:00 atrofida Samarqand şahri, Dahbed köçasida joylaşgan 83-uy yertölasidan suv çiqa boşladi. Avval salgina sizib çiqayotgan suv bosimi biroz vaqt ötib kuçaya boşlagaç, uy egalari sarosimada qoladi. Xonadon sohibi, III guruh nogironi Jahongir Halimov Samarqand şahar «Suvoqova» korxonasiga qönğiroq qilib, vaziyatni tuşuntiradi. Ammo hadeganda bu taşkilot işçilari kelavermaydi. Suv esa borgan sari kötarilib borardi. Fuqaro korxonaga özi yetib boradi.

— Butun boşli korxonada meni eşitadigan odam yöq, — deydi uy egasi Jahongir Halimov. — Navbatçilarga vaziyatni tuşuntirdim, iltimos qildim, asablarim qaqşab baqirdim ham, qani birov tuşunsa. «Hozir butun şaharda içişga suv yöq-ku, uyingizni qanday suv bosadi?» deyişgaç, uyga qaytdim. Yertöladagi suv yarim metrdan oşgan, allaqaçon hamma joy nam tortgan. Uy qulab, biror falokat bölişidan qörqib, oilamni, zarur narsalarni olib köçirdim. Yana «Suvoqova» korxonasiga bordim. Öşa ahvol, butun şaharga faqat bitta ekskovator va bitta suv tortadigan maşina xizmat qilişi, Çöponota mavzeida avariya bölgani uçun texnika öşa yerga yuborilganini aytişdi. Bu orada uydan qönğiroq qilib, suv kötarilayotganini aytişgaç, uyga yugurdim. Taniş-biliş orqali suvni tortiş bilan şuğullanuvçi xususiy korxona topdim. Uç maşina suv çiqardik, ammo qolganiga mablağ yetmadi. Yana «Suvoqova» korxonasiga bordim. Rahbarlariga vaziyatni tuşuntirib, yordam söramoqçi edim, lekin biror-bir xodim rahbarining ham, boş muhandisning ham telefon raqamini berişni istamadi: «Aytsak, işdan ketamiz!».

Nimadir qiliş kerak: keçasi bölsa ham, tavakkal qilib, Samarqand şahar hokimligiga bordim. Ehtimol, hokimlik vakillari qönğiroq qilişsa, yordam berişar degan umidda edim. Ammo navbatçi qöriqlaş xizmati xodimidan boşqa heç kim bölmagaç, tabiiyki, içkariga ham kiritişmadi. Mas'ullarning telefon raqamini sörab iltimos qilib kördim, foydasiz. Şundan söng viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga bordim. Yordam söradim, holatni tuşuntirdim, qani endi sal jiddiyroq qabul qilişsa: