Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda restoran dudbo‘ronida yong‘in chiqdi
Poytaxt FVBga ko‘ra, hodisa Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan. Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi restoranlardan biri joylashgan binoda yong‘in yuz berayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. FVBning ma’lum qilishicha, holat Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 20 noyabr kuni soat 20:29 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani «Lashkarboshi» MFY, Niyozbek yo‘li ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyining dudbo‘ronida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:42 da o‘chirilgan.
«Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘shanda marhum yotoq joyida tamaki mahsulotini chekishi oqibatida yong‘in kelib chiqqani taxmin qilingan edi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
15:29 / 13.01.2026