Haşarotlar genetik modifikatsiyalangan viruslarni tarqatiş uçun işlatilişi mumkin bölgan Pentagon dasturi Biologik qurollar töğrisidagi konvensiyani buzişi mumkin. Bu haqda Science jurnalida e'lon qilingan, olimlar xalqaro guruhining tadqiqotida aytiladi.

Ilmiy jurnaldagi maqola Germaniya va Fransiya universitetlarining evolyutsion genetika, bioetika va uşbu sohalar bilan boğliq huquqiy masalalar bilan şuğullanadigan mutaxassislari tomonidan tayyorlangan.

Tadqiqotçilar ma'lumotiga köra, Pentagonning istiqbolli tadqiqot loyihalari boşqarmasida (DARPA)  Insect Allies («Ittifoqçi-haşarotlar») deb nomlangan dastur işlab çiqilmoqda. U, tajribalarning rasmiy vazifasiga köra, haşarotlar tomonidan olib ötiluvçi viruslar işlab çiqaradigan, ösimliklarning xromosomalarini «gorizontal» tahririni aniqlaşi kerak.

Olimlarning körsatişiça, uşbu dasturda Pentagon tomonidan qöllanilişi mumkin bölgan muhim biologik, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlar bor. Şu bilan birga, tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, AQŞ qişloq xöjaligi uçun uşbu loyihaning amaliy foydasi şubhali.

«Yakunda, bu dastur köpçilik tomonidan biologik agentlar va ularni duşman obektlariga yetkazib beriş vositasi sifatida qabul qilinişi mumkin, bu - agar rost bölsa - Biologik qurollar töğrisidagi konvensiyani buzadi», - deya qayd etiladi maqolada.

Şuningdek, tadqiqotda bildirilişiça, 2016 yildan buyon bu dasturga 27 million dollar sarflangan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Özbekistonda Pentagon laboratoriyasi taşkil etilgani haqida xabar bergandi.