Ukraina, Ozarboyjon va Özbekistonda Pentagon nazorati ostidagi laboratoriyalarni rekonstruksiya qiliş davom etmoqda, deb xabar berdi RF Qurolli kuçlarining radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qöşinlari boşliği Igor Kirillov. Bu haqda RIA Novosti ma'lum qildi.
«Lugar markazi AQŞning keng qamrovli harbiy-biologik dasturining kiçik elementidir. Rossiyaga yaqin hududlarda faollik kuçaytirildi, bu yerlarda ham Pentagon nazoratidagi laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda. Ukraina, Ozarboyjon va Özbekistonda laboratoriya korpuslarini rekonstruksiya qiliş davom etmoqda», - dedi u.
Kirillovning sözlariga köra, ular faoliyatining ustuvor yönalişi - yuqumli kasalliklar haqida ma'lumot yiğiş va patogen mikroorganizmlar ştammlariga ega bölgan, şu jumladan, antibiotiklarga çidamli hamda vaksinalar himoya ta'sirini uzaytiruvçi milliy kolleksiyalarni olib çiqişdir.
Avvalroq, Gruziya davlat xavfsizligi vaziri Igor Giorgadze Moskvada bölib ötgan matbuot anjumanida AQŞ prezidenti Donald Trampga Riçard Lugar nomidagi laboratoriya faoliyatini tekşiriş iltimosi bilan murojaat qilgani haqida xabar bergandi. U, Giorgadzening bildirişiça, odamlarda ölim bilan yakun topişi mumkin bölgan tajribalar ötkazadi. Giorgadze 2015 yil dekabrda laboratoriyada S gepatitidan davolaniş vaqtida 30 nafar odam halok bölgani haqida ma'lumotlarni keltirgan. 2016 yil aprel va avgust oylarida, mos ravişda, 30 va 13 kişi vafot etgan bölsa, «ölim sababi» ustunida «noma'lum», deya körsatilgan, ammo sabablar tekşiruvdan ötkazilmagan. Uning sözlariga köra, ismlar aniqlanmagan, faqat ular tuğilgan sana va jinslari bölgan raqamlar berilgan.

















