Tölov-kontrakt qaçondan oşadi?

Davlat qabul komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-son bayonining 12-ilovasi bilan 2018/2019 öquv yilidan boşlab OTMlarda bitta talabani tölov-kontrakt şaklida bir yillik öqitiş miqdorlari tasdiqlangan edi. Ilk marta tölov-kontraktlar eng kam iş haqi miqdoriga boğlab qöyilgandi.

Demak, eng kam iş haqi oşsa, kontrakt ham xuddi şunça foizga oşadi.

Faqat köpçilik bir qoidadan bexabar. Xuddi şu hujjatning ilovasida izoh sifatida aytilganki, respublikada eng kam oylik iş haqi miqdorlari oşirilganda mos ravişda tölov-kontrakt qiymati miqdorlari navbatdagi semestr boşidan oşirib boriladi.

Bu nima degani?

Bu şuni anglatadiki, kontraktlar bahorgi semestrdan, ya'ni mart oyidan oşadi, kuzgi semestrga tölangan kontrakt uçun qöşimça tölov tölaş şart emas.

Agar kimdir kontraktini oldindan 1 yillik tölab qöygan bölsa ham, baribir 2-semestr uçun yuzaga kelgan farqni qöşimça tölov qilişiga töğri keladi.

Hisob-kitob qanday böladi?

Hisob-kitob qanday bölişiga quyida bir misol keltiramiz.

Aytaylik, OTMda tölov-kontrakt EKIHning 45 barobari, ya'ni bugungi kunda 8 mln 293 ming 500 söm. Keyingi semestrdan xuddi şu kontrakt 9 mln 122 ming 850 söm böladi.

Demak, talaba 1-semestrda 8.293.500 sömning yarmini, ya'ni 4.146.750 söm tölaydi. 2-semestrda esa 9.122.850 sömning yarmini, ya'ni 4.561.425 söm tölaydi. Natijada uşbu talaba uçun 1 yillik kontrakt miqdori 8 mln 708 ming 175 sömga töğri keladi. Bu degani kontrakt miqdorlari 10 foizga emas, balki 5 foizga oşadi.

OTMlarda tölov-kontrakt qiymatining semestrlar kesimida miqdori (bakalavr, kunduzgi misolida):

Kimgadir foyda, kimgadir ziyon

Bir qaraşda kontrakt miqdorining oşişi barça uçun moddiy zarar keltiradigandek körinadi. Axir kontrakt oşadi-yu, çöntakka ziyon bölmaydimi?

Biroq matematik hisob-kitoblar şuni körsatmoqdaki, stipendiya va kontraktlar oşişi talabalarning 4 yoki 5 baho oladigan qatlami uçun foydali bölgan.