Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talabalar 28 dekabrdan qishki ta'tilga chiqadi
O‘zbekistonlik talabalar joriy yilning 28 dekabridan qishki ta'tilga chiqadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
«Oliy ta'lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha qishki ta'til etib belgilandi», deyiladi vazirlik xabarida.
2021 yil 11 yanvar — o‘qishning birinchi kuni bo‘ladi.
Bundan avvalroq Xalq ta'limi vazirligi umumta'lim maktablarida qishki ta'til boshlang‘ich sinflar uchun 25 dekabr, yuqori sinflar uchun 26 dekabrdan boshlanishi haqida xabar bergandi. Maktab o‘quvchilari uchun ta'til 14 kun davom etadi.
Mavzuga oid
10:25 / 12.12.2024
Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
22:53 / 24.01.2023
Toshkent shahridagi yana 12 ta maktabda 25 yanvardan ta’lim jarayoni boshlanadi
00:05 / 24.01.2023