30 yoşida Jyeff Bezos Uoll-stritdagi serdaromad işini taşlab, kitoblar savdosi bilan şuğullana boşladi. Bugun u – sayyoradagi badavlat odam va mediamagnat.

Foto: Global Look Press

Relentless kompaniyasi haqida eşitganmisiz? Qiziq tarjima qilinganida “şafqatsiz” ma'nosini beradigan nomga ega taşkilot nima bilan şuğullanişi mumkin. Hayron qolasiz, biroq bu kompaniyani bilasiz. Brauzeringizga relentless.com deb yozing. Bu korporatsiya egasini tanişingiz aniq. Bu Jyeff Bezos – dunyodagi badavlat odam va Amazon onlayn kompaniyasining asosçisi.

Bezos 1964 yilda Nyu-Meksiko ştatida tuğilgan. Uning onasi bor-yöği 17 yoşda edi. Tört yildan söng u Jyeffning otasi bilan ajraşib, tez orada Mayk Bezosga turmuşga çiqadi. Mayk Bezos kiçik Jyeffriga öz familiyasini berdi.

Maktabda Bezos a'loçi öquvçilardan edi. Uni tugatib, Prinstonga öqişga kirdi. Dastlab fizikaga qiziqardi, biroq tez orada informatika va injiniring uni öziga jalb etdi. Institutni tugatib, Bezos Uoll-stritda işlay boşladi. U yerda özining bölajak rafiqasi, Prinston bitiruvçisini uçratdi. Makkenzi Bezos Prinstonda adabiyotni örganardi. Uning sevimli kitoblaridan biri – Kadzuo Isiguroning “Kunning yakuni” asari Amazon top-menejyerlariga öqiş uçun tavsiya etiladi.

Foto: Getty Images

30 yoşida Jyeff işdan ketdi va Vaşington ştatidagi Sietl şahriga köçib ötdi. U yerda öz biznesini oçişga qaror qildi.

Keyin nima bölgani hammangizga ayon. Amazon kompaniyasining boşqa kompaniyalardan ustunlik jihatlari bor edi. Kompaniya kitoblarni raqobatçilariga qaraganda arzonroq sotardi. Uning muvaffaqiyat siri nimada? Barça xaridlar internet orqali amalga oşirilişida. Dastlab kompaniya juda sirli edi. Heç kim unda neçta xodim işlaşi, omborxonalari qayerda joylaşganini bilmas edi. Vaqt ötişi bilan kompaniya ham, Bezos ham omma orasida maşhurlikka erişdi.

Ötgan yili Amazon kompaniyasi mahsulotlar riteyli bozoriga kiriş maqsadida Whole Foods oziq-ovqat tarmoğini 13,7 mlrd dollarga sotib oldi. Mijozlar xulq-atvorini tahlil qilişga qurilgan kompaniya uçun taomlarni xuş köriş borasidagi ma'lumotlar alohida qimmatga ega. Bundan taşqari, mahsulotlarni sotiş ham qiyin emas.