Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon o‘z haydovchi va kurerlari uchun navigatsiyaga ega aqlli ko‘zoynaklarni yaratmoqda
AQShda har kuni millionlab posilkalar yetkazilishi inobatga olinsa, ko‘zoynaklardan foydalanish orqali iqtisod qilingan har bir soniya kompaniya logistikasi uchun ketadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirishi mumkin.
Foto: Reuters
Amazon kompaniyasi o‘zining yetkazib berish xizmatidagi haydovchi va kurerlar uchun navigatsiya funksiyasiga ega aqlli ko‘zoynaklarini yaratish ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilishicha, Amazonʼning tovarlarni yetkazib berish borasidagi xarajatlari 8 foizga oshib, joriy yilning uchinchi choragida 23,5 milliard dollarni tashkil etgan. Kompaniya ushbu ortiqcha xarajatlarni qisqartirish yo‘lini qidirmoqda va aqlli ko‘zoynaklar muammoning bir qismini hal etishga yordam berishi mumkin.
Qayd etilishicha, mazkur qurilma haydovchi va kurerlarga kichik ekran orqali navigatsiya hamda har bir bekatni ko‘rsatib boradi. Gadjet yo‘nalishlarni ko‘rsatish bilan birga yo‘ldagi to‘siqlar, yetkazib berish joyida hayvonlar bor-yo‘qligi kabi ma’lumotlarni yetkazib turadi — bu har bir yetkazib berishda soniyalarni tejashga xizmat qiladi. AQShda har kuni millionlab posilkalar yetkazilishi inobatga olinsa, iqtisod qilingan har bir soniya kompaniya logistikasi uchun ketadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, loyiha hozirda dastlabki bosqichda va «barchasi o‘zgarib ketishi mumkin». Agar Amazon erishilgan natijadan qanoatlanmasa, loyiha bekor qilinadi yoki muzlatib qo‘yiladi.
«Biz yetkazib borish jarayoni haydovchilar uchun xavfsiz va sifatli bo‘lishi uchun muntazam innovatsiyalarni joriy etib kelamiz. Ammo yangi mahsulotlarimiz yo‘l xaritasiga bog‘liq savollarga izoh bermaymiz», — deydi Amazon vakili.
Amazon tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning yetkazib beruvchilari bir ish kunida 100 dan ortiq manzilga tashrif buyuradi. Yangi aqlli ko‘zoynaklar muomalaga kiritilsa, Amazon o‘z haydovchilaridan ko‘proq ish talab qilishi mumkin. «Ammo shu yerda boshqa bir masala paydo bo‘ladi — minglab haydovchi va kurerlarni qanday qilib ushbu ko‘zoynaklardan foydalanishga ko‘ndiradi? Ayrim yetkazib beruvchilar qurilmani noqulay va ish jarayonida xalaqit beradi deb hisoblashi mumkin. Bundan tashqari, ularning aksariyati ko‘rish qobiliyatiga bog‘liq ko‘zoynaklarni shundoq ham taqadi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
21:21 / 25.11.2025
Amazon o‘zining sun’iy yo‘ldosh interneti qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
18:39 / 02.07.2025
Amazon rahbari kompaniyaning 737 mln dollarlik aksiyalarini sotdi
19:44 / 22.06.2025