Prezidentning 20.10.2018 yildagi “Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantirişning huquqiy va institutsional bazasini yaratiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori imzolandi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Savdo-sanoat palatasining Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Organ Moliya vazirligi huzurida faoliyat körsatadi, Agentlikka esa lavozimi böyiça moliya vazirining örinbosari hisoblanadigan direktor boşçilik qiladi.
Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yönalişlarida davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş böyiça tarmoq dasturlarini işlab çiqişda iştirok etiş;
davlat-xususiy şeriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholaş uslubini işlab çiqiş, uşbu loyihalarni tayyorlaş va amalga oşirişni uslubiy jihatdan qöllab-quvvatlaş;
davlat-xususiy şeriklik sohasidagi loyihalarni amalga oşirişda idoralararo muvofiqlaştirişni ta'minlaş, şuningdek, loyihalar töğrisidagi axborotni oçiq holda joylaştiriş va ularning reyestrini yuritiş;
davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş dasturlarini amalga oşiriş, şu jumladan, muayyan loyihalar konsepsiyalarini işlab çiqişda vazirlik va idoralarga kömaklaşiş;
davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş masalalarida investorlar, xalqaro moliya va donor taşkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, şuningdek, bozorning boşqa iştirokçilari bilan hamkorlikni taşkil etiş;
davlat-xususiy şeriklik loyihalari iştirokçilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga har tomonlama kömaklaşiş, loyihalarni moliyalaştiriş mexanizmlari, şu jumladan, yuzaga kelişi mumkin bölgan tavakkalçiliklarni aniqlaş va taqsimlaş yuzasidan ularning takliflarini körib çiqiş;
davlat-xususiy şeriklik loyihalarini, şu jumladan, loyihalarga jalb qilingan byudjyet tizimi mablağlaridan foydalanilişini, şuningdek, tegişli tarmoqlardagi xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlaş va amalga oşiriş amaliyotini monitoring qiliş.












