Prezident xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş jarayonlarini tartibga solişga doir qarorni imzoladi. 

Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi taşkil etildi. 2026 yil 1 yanvargaça yangi agentlikning fuqarolarni taşkillaştirilgan holda tanlaş, xorijga işga yuboriş va işga joylaştiriş bilan boğliq funksiyalari bosqiçma-bosqiç xususiy bandlik agentliklariga ötkaziladi.

U 2024 yil 1 noyabrdan xorijiy iş beruvçilar tomonidan taklif qilinayotgan iş örinlari haqidagi barça ma’lumotlarni elektron platformasi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda oçiq e’lon qilib boradi.

Şu muddatda agentlikning elektron platformasida fuqarolarga özining rezyumesini şakllantiriş va joylaştiriş hamda e’lon qilingan iş örinlari böyiça tanlovlarda erkin iştirok etiş imkoniyati yaratiladi.

2024 yil 1 dekabrdan boşlab agentlik tomonidan ta’lim taşkilotlarida xorijga işga ketmoqçi bölgan fuqarolarni kasb-hunar va çet tillariga öqitiş böyiça buyurtmalar joylaştiriş tartibi joriy etiladi. Xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya oliş uçun zaxira qilinadigan mablağlar miqdori BHMning 8500 baravaridan 4000 baravarigaça tuşiriladi.