Toshkentning yirik tumanlari orasida Olmazor xalq ta'limi tizimiga hokimlar tomonidan ajratilgan mablag‘lar hajmi bo‘yicha oxirgi o‘rinda
Toshkent shahrining Olmazor tumani poytaxtning yirik tumanlari orasida xalq ta'limi tizimiga hokimlar tomonidan ajratilgan qo‘shimcha mablag‘lar hajmi bo‘yicha oxirgi o‘rinni egalladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi o‘zining rasmiy saytida bir o‘quvchiga Toshkent shahri tuman hokimiyatlari xalq ta'limi tizimiga ajratilgan qo‘shimcha mablag‘lar haqida chop etgan ma'lumotda bayon etilgan.
Unga ko‘ra, Mirobod tumani har bir o‘quvchiga o‘rtacha 142 532 so‘m ajratgan va Toshkent shahridagi tumanlar orasida yetakchilik qilmoqda. Sergeli (80 078 so‘m) va Shayxontohur (79333 so‘m) tumanlari mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. Hokimiyatlar tomonidan xalq ta'limi tizimiga eng kam qo‘shimcha mablag‘lar ajratgan tumanlar ro‘yxatiga Bektemir (bir o‘quvchiga 983 so‘m), Olmazor (3032 so‘m) va Yakkasaroy (41013 so‘mni) tumanlari kiritildi.
Shuni ta'kidlash lozimki, Bektemir tumani Toshkentning eng kichik tumani va u yerda 5 dona maktab faoliyat yuritadi. Yirik tumanlar orasida esa Olmazor tumani bu ko‘rsatkich bo‘yicha oxirgi o‘rinda. Ta'lim tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun Olmazor tumani o‘zidan keyingi o‘rinda turgan Yakkasaroy tumaniga nisbatan 13,56 barobar va Toshkent shahridagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan (54414 so‘m) 18 barobar kam mablag‘ yo‘naltirgan.
Joriy yil 5 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalq ta'limi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolab, mazkur hujjatda maktablarning holati uchun mas'ul bo‘lgan shaxslar aniq ko‘rsatilgandi.
Farmonning 3-bandida ko‘rsatilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xalq ta'limi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalasida har tomonlama ko‘maklashishga mas'ul ekanligi belgilangan. Xalq ta'limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta'mirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmasini (trotuarlar, yo‘llar va boshqalar) zarur holatda saqlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirishga mahalliy hokimiyatlar javobgardir. Ular xalq ta'limi muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta'minlashlari lozim.
Umumta'lim muassasalarining xavfsizligini ta'minlash kabi bir qator vazifalar hokimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Maktablarning infratuzilmasini va moddiy-texnik bazasini yaxshilash muhimligini hisobga olgan holda, hokimliklarning ushbu muassasalarning rivojlanishi uchun investitsiyalar va homiylikni faol jalb etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:17 / 05.11.2024
Ma’rifiy faoliyat bilan ruxsatsiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilandi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
16:29 / 21.10.2024
Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
18:35 / 03.10.2024