O‘zbekiston | 16:28 / 25.10.2018
9790
3 daqiqa o‘qiladi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha:

1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxslarga berishni tartibga solish to‘g‘risida” 2001 yil 28 avgustdagi 354-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlandi.

2. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 martdagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 2-bandida:

a) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shildi:

“yengil avtomobillarni, mototransport vositalarini ijaraga berish xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida yengil avtomobillarni, mototransport vositalarini ijaraga berish yuzasidan o‘ttiz kungacha odtsiy yozma shartnomalar tuzish hollariga”;

b) uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblanadi.

3. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 45-bandi quyidagi tahrirda bayon qilindi:

“45. Notariuslar, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda esa konsullar tomonidan ham tasdiqlangan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) tasarruf etish ishonchnomalari, ijara, tekinga foydalanish va avtomototransport vositalarini garovga qo‘yish shartnomalari, avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha tegishli hududiy IHXDX organlarida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hisobga qo‘yiladi.

Avtomototransport vositalarini begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitishuvlarni hisobga olish yuridik shaxslar tomonidan o‘z xodimlariga berilgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalarga hamda yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida o‘ttiz kungacha muddatga oddiy yozma shaklda tuziladigan yengil avtomobillar va mototransport vositalarining ijara shartnomalariga nisbatan qo‘llanilmaydi”.

Mavzuga oid