Joriy yilning ötgan davri mobaynida Samarqand viloyatida 232 mingga yaqin yöl harakati qoidalarini buziş holati qayd etilgan. Şundan 95 ming 900tasi qöpol, 6 ming 261tasi mast holda transport vositasini boşqariş, 10 mingga yaqini piyodalar bilan boğliq qoidabuzarliklardir.
«Kun.uz» muxbiri Samarqand viloyati IIB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi mas'ul xodimi Nuriddin HAYITOV bilan şu xususida suhbatlaşdi.
– Viloyatda yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş, yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadida kompleks çora-tadbirlar dasturi işlab çiqilgan va amaliyotga joriy etilgan, – deydi N. Hayitov. – Mazkur dastur ijrosi yuzasidan viloyatdagi idora va taşkilotlar, jamoatçilik vakillari bilan kelişilgan holda zarur çoralar belgilangan.
Xususan, viloyat hududidagi avtomobil yöllari yoqasida 74 joyda yöl harakat iştirokçilarini huşyorlikka, ogohlikka çaqiruvçi bannerlar, plakatlar örnatildi. Şuningdek, yirik savdo majmualari, yoqilği quyiş şoxobçalari kiriş joylarida kiçik hajmli va Samarqand şahri köçalaridagi 12ta katta hajmli ekranlarga yöl harakati qoidalarini tarğib qiluvçi videoroliklar joylaştirildi.
Viloyat avtomobil yöllarida yöl belgilari ham közdan keçirilib, qöşimça 1713ta yöl belgilari örnatildi va 739 metr uzunlikdagi 1-guruh muhofazalovçi tösiqlar qöyildi.
– Yöl harakati hodisasiga aksariyat hollarda haydovçilar tomonidan tezlikni oşiriş sabab bölmoqda…
– Töğri. Bunday holatlarning oldini olişga qaratilgan çoralar ham körilmoqda. Jumladan, viloyat hududidan ötuvçi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yöllariga 71ta tezlikni ölçaş uskunalari va 27ta yöl-patrul xizmat avtomaşinasi mulyaji örnatildi.
Bundan taşqari, onlayn tizimda işlovçi 4ta «Arena» rusumli tezlikni ölçaş uskunasi hududlarga joylaştirildi. Uşbu zamonaviy uskunalar yordamida 2 oy davomida 26 mingga yaqin qoidabuzarlik aniqlandi. Qoidabuzarlardan jami 10milliard sömga yaqin jarima undirildi.
– Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi qarori bilan haftaning har juma kuni «Yöl harakati xavfsizligi kuni» etib belgilandi. Viloyatda qarorning ijrosi qanday ta'minlanyapti?
– Haftaning juma kunlari asosiy e'tibor profilaktik tadbirlar va aholi örtasida yöl harakati xavfsizligi tarğibotiga qaratilmoqda. Şuningdek, qöpol qoidabuzarliklar, xususan, mast holda avtotransport vositasini boşqargan va inson ölimiga olib kelgan yöl-transport hodisasini sodir etgan şaxslar işi yuzasidan mahallalarda hududiy sudlar bilan hamkorlikda sayyor sud majlislari ötkazilmoqda.











