Markaziy bank oktyabr oyida 7 ta bank va 2 ta mikromoliya taşkilotiga nisbatan jarima qölladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Markaziy bankning Bank nazorati qömitasi tomonidan joriy yilning oktyabr oyidagi yiğilişlarida (8 marta) 32 ta masala körilgan va ular böyiça tegişli qarorlar qabul qilingan.
Röyxatga oliş va ruxsat beriş yönalişida 16 ta masala, şu jumladan, kredit taşkilotlari ustaviga kiritilgan özgartirişlarni röyxatdan ötkaziş (4 ta), mikromoliya taşkilotlariga berilgan litsenziyalarni qayta rasmiylaştiriş (1 ta), mikromoliya taşkilotlarini hisob röyxatiga oliş (3 ta) hamda tijorat banklari kuzatuv kengaşi va boşqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini körib çiqişga doir (8 ta) masalalar körilgan.
Şu bilan birga, kredit taşkilotlarining moliyaviy holatiga oid 16 ta masala – Markaziy bankning körsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilişi, şuningdek, tijorat banklari va mikromoliya taşkilotida ötkazilgan örganiş va tekşirişlar natijalari ham muhokama qilingan.
Markaziy bank tomonidan ötkazilgan örganiş va tekşiriş natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uçun 7 ta bank va 2 ta mikromoliya taşkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qöllangan.
Şuningdek, 2 ta tölov taşkiloti va 2 ta tölov tizimi operatori tomonidan tölov tizimi operatorlari hamda tölov taşkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori va taşkiliy-huquqiy şakliga qöyilgan talablar bajarilmagani hamda 4 ta tijorat bankida xavfsizlikni ta’minlaş va avtomatlaştirilgan bank tizimlarida axborotlarni muhofaza qiliş işlarini taşkil etişda xatoliklarga yöl qöyilgani sababli ularga nisbatan çora va sanksiyalar qöllanişi töğrisida ogohlantirilgan.













