Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ayrim mamlakatlar bilan viza rejimini yanada soddalashtirish tashabbusi bilan chiqmoqda. Turar joyni ijaraga berish va faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibini ham osonlashtirish ko‘zlanmoqda. Bu 2025 yilgacha turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan, deb yozadi Norma.
Viza rejimini soddalashtirish
YeI mamlakatlari va chiqish turizmi rivojlangan boshqa mintaqalar fuqarolari uchun viza tartib-taomillarini yanada soddalashtirish rejalashtirilmoqda. 10.02.2018 yildan boshlab 7 ta davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirgan kundan e'tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim, shuningdek 39 ta davlat fuqarolari uchun viza olishning soddalashtirilgan tartibi belgilanganligi haqida ilgari xabar berilgan edi.
Ikki tomonlama ahdlashuv asosida uchinchi mamlakatlar uchun O‘zbekiston va Qozog‘istonning yagona kirish vizasini joriy etish, keyinchalik boshqa mamlakatlarni ishtirok etish uchun taklif qilish masalasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Turar joyni ijaraga berish shartnomalarini tuzish tartibi soddalashtiriladi
Turar joyni (xususiy kvartiralar va uylarni) 30 kungacha qisqa muddatli ijaraga berishning soddalashtirilgan tartibini belgilash rejalashtirilmoqda.
QHTBT portalida muhokama qilish uchun joylashtirilgan Vazirlar Mahkamasining «Ayrim turdagi joylarni vaqtincha yashash uchun berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasida yangi tartib batafsil bayon etilgan.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, faoliyat yuritayotgan «emehmon.uz» mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalarida ijarada turuvchilar hisobini yurituvchi elektron avtomatlashtirilgan dastur negizida jismoniy va yuridik shaxslar mulkida bo‘lgan turar joylarni 30 sutkagacha qisqa muddatli ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yagona elektron tizimni yaratish rejalashtirilmoqda.
Tizimdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
• ko‘pi bilan 30 sutkagacha muddatga O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish;
















