Qozoğistondagi Ile-Balxaş davlat qöriqxonasida hayvonot dunyosining qaşşoqlaşuvi hamda örmonlar, butalar va botqoqlarning tanazzuli davridan söng noyob sutemizuvçilar yana paydo böldi. CNN xabar berişiça, qöriqxonada 50 gektardan ortiq hududda örmon va ösimliklar qayta tiklangan, ular orasida ötlab yurgan Buxoro buğulari va qulonlarni köriş mumkin.

Yaqinda qöriqxonaga yölbarslar olib kelindi — ular sönggi 70 yildan ortiq vaqt mobaynida Qozoğiston yovvoyi tabiatida uçramagan edi.

Öz vaqtida bu yirtqiçlar ğarbda Turkiyadan şarqda Koreya yarimoroligaça, Rossiyaning şimoliy Sibir yerlaridan to Indoneziyaning ekvatorial tropik orollarigaça çözilgan hududlarda, jumladan, Markaziy Osiyoda kezib yurardi. Hozir ular bu hududning atigi 7 foizidan kamroğida tarqalgan. Qozoğistonda 1950 yillarda yölbarslar Kaspiy mintaqasida butunlay yöq bölib ketgani e’lon qilingan. Bunga ularni muntazam ovlaş va yemiş kamayişi sabab bölgan.

Sentyabr oyida Niderlandiya qöriqxonasidagi bir juft Amur yölbarslari Ile-Balxaşdagi uç gektarlik yarim tabiiy volerga köçirildi. Bu yerda juftlikning avlodi dunyoga keladi. Bu bilan Qozoğistonda yovvoyi yölbarslar qayta tarqalişiga umid qilinmoqda.

“Amur yölbarslari Kaspiy mintaqasida bir neça ön yil oldin yöq bölib ketgan yölbarslarga öxşagani uçun tanlab olindi”, — deya jurnalistlarga ma’lum qildi Butunjahon yovvoyi tabiat jamğarmasi doirasidagi Tigers Alive taşabbusi rahbari Styuart Çapmen.

Olimlar Amur yölbarslari Balxaşböyi şaroitida Rossiyaning Uzoq Şarqidagiga öxşaş issiq yoz va sovuq qişda yaşab qolişiga umid qilmoqda.

Bodxana va Kuma laqabli yölbarslar Niderlandiyadan quruqlik orqali Germaniyaga olib kelindi, söngra u yerdan tijorat samolyotining yuk bölimida olti soatlik parvoz bilan Qozoğistonga yetkazildi. Keyin vertolyotda 20 daqiqada qöriqxonaga olib borildi.

Ular safardan bir neça oy oldin tayyorgarlikdan ötgan, xususan, transport qutisiga örgatilib, öz volerlari içida ov qilişni örgangan. Bu ularga qöriqxonaning yarim yovvoyi muhitiga moslaşişda yordam berişi kutilmoqda.

Yaqin yillarda Bodxana va Kuma safiga yana kamida sakkizta yölbars qöşilişi kutilmoqda, 2035 yilga kelib qöriqxonada yovvoyi muşuklar soni 50 taga yetişi rejalaştirilgan.