Dunyoda qaşşoq davlatlar köp va ularning soni köpayişda davom etmoqda. Dunyo hamjamiyatining kömaklariga qaramay bu davlatlar muammolar girdobidan çiqa olişmayapti. BMT ma'lumotlariga köra, yuksak taraqqiyotga erişilayotgan yigirma birinçi asrning ikkinçi ön yilligi yakuniga yetayotgan bir paytda har kuni (!) 25 ming kişi oçlikdan ölmoqda va ularning köpçiligi bolalardir. Sayyoramizning deyarli 1 milliard aholisi kuniga 2 dollarga qanoat qilişga majbur, 2,5 milliard kişining daromadi esa kuniga 3 dollardan oşmaydi.
Biz birvarakayiga qaşşoq deb atayotgan davlatlarning ham öz tasnifi bor. BMT nizomiga köra «qaşşoq davlat» degan atama qöllanilmaydi. Iqtisodi eng past körsatkiçlarga ega davlatlar «eng kam rivojlangan davlatlar» deb ataladi. Bunday maqomga ega böliş bir tarafdan öta oğir ahvolni bildirsa, ikkinçi tomondan qator imtiyozlar beradi. Eng kam rivojlangan davlatlar xalqaro yordamlarni birinçi navbatda oladi, arzon kreditlarga ega böladi, xorij davlatlari tomonidan bepul tibbiy va ta'lim grantlarini qölga kiritadi.
Bu bir tomondan davlatlarga qaşşoqlikdan qutulişga yordam bersa, ikkinçi tomondan aks ta'sir qiladi va illatli doira hosil qiladi. Qaşşoq davlatlar hukumatlari xorij kömagiga qattiq suyanib qoladi, öz ahvolini yaxşilaşga harakat qilmaydi, mamlakatda korrupsiya urçiydi, xalqaro hamjamiyatga özining oğir ahvolini körsatib, bosim ötkaziş imkoniyati saqlanib qoladi.
BMTning birinçi navbatda yordam beriş talabiga köra eng kam rivojlangan davlat maqomini saqlaş va aholi jon boşiga yillik yalpi içki mahsulot körsatkiçi eng kam bölişi lozim. YaIMdan taşqari BMT aholi ovqatlanişi, salomatlik, savodxonlik kabi körsatkiçlarga ham e'tibor beradi. 1971 yilda bunday davlatlar soni 24tani taşkil qilgan bölsa, 2011 yildayoq ular soni ikki barobar oşib, 48taga yetgan. Kuzatişlar boşlanganidan buyon ötgan yillar davomida faqatgina 10 davlatgina bu röyxatdan çiqib keta olgan va ular rivojlanayotgan davlatlar safiga qöşilgan.
Ma'lumot:Dunyoda kam rivojlangan davlatlar soni köpaygan bölsada, qaşşoqlikda kun keçiruvçi aholi soni kamaygani quvonarli. 2000 yilda bölib ötgan 189 davlat iştirokidagi «ming yillik sammiti»da 2015 yilga kelib qaşşoqlar (ya'ni 1-1,25 dollar evaziga kun keçirayotganlar) sonini ikki barobarga qisqartiriş rejasi tuzilgan va bu reja muddatidan 5 yil avval bajarilgan. BMTning yana bir ulkan rejasiga köra, 2030 yilga borib qaşşoqlik butunlay tugatilişi lozim.
Mavzuga oid
Bir qaraşda eng quyi röyxatdan çiqib, rivojlangan davlatlar qatoriga qöşiliş osondek tuyiladi. Ammo qaşşoq davlatlarning muammolari juda jiddiy va aksariyat hollarda bir xil: siyosiy beqarorlik, fuqarolar uruşlari, korrupsiya, ta'lim va tibbiy xizmatlar sifatining öta pastligi, yuqori jinoyatçilik, tabiat injiqliklari, iqtisodning öta abgor bölgani holda katta qarzdorlik kabilar şular jumlasidandir.
Dunyodagi 48 qaşşoq davlatdan 33tasi Afrika qit'asida, 13tasi Osiyo hamda Okeaniyada va yana bittasi Lotin Amerikasida (Gaiti) joylaşgan.
Sönggi ma'lumotlarga* qaraganda eng kam rivojlangan davlatlar önligi quyidagiça köriniş olgan:
10 örin — Togo, YaIM — 1084 $
Togodagi maktab
Foto: borgenproject
Bir vaqtlar fransuzlar koloniyasi bölgan bu davlat ançagina barqaror iqtisodga ega edi. Afrika ğarbida joylaşgani uçun marmar, fosforitlar, yoğoç savdosidan daromad olib kelingan. Ammo asta-sekin bu tarmoqlardan putur keta boşladi.
Haqiqiy ofat hisoblangan tsetse paşşasining köpligi çorvaçilikka ham qiron keltirdi.
Mamlakatda tibbiy muassasalar juda kam, sil, bezgak kabi kasalliklar keng tarqalgan. OITSga çalinganlar soni ham kundan-kunga ortib bormoqda va bugungi kunda aholining 3,5 foizidan köproği şu kasallik taşuvçisidir. Aholining uçdan biri oçlikdan azob çekadi.
Şunça muammolarga qaramay Togoda tuğiliş körsatkiçlari yuqori va har bir ayolning örtaça 4 nafardan farzandi bor. Qonun böyiça har bir erkakka 4 nafargaça xotin olişga ruxsat beriladi. Qonunning yana bir talabiga köra, agar biror erkak ayol kişiga xuşomad qilsa, unga uylanişi şart. Şu tarzda aksariyat erkaklar 4 xotinli bölib olişgan va ularning örtaça 16 nafardan bolasi bor.
9-örin — Madagaskar, YaIM — 970 $
Madagaskarlik uyi
Foto: World Bank Group
Sayyoramizning hududi jihatdan törtinçi örindagi orolida 20 milliondan ortiqroq aholi yaşaydi va ularning aksariyati qaşşoqlikda kun keçiradi. Sönggi yillarda bir rivojlanayotgan, bir qaşşoq davlat röyxatiga tuşib qolayotgan bölsada, iqtisod ahvoliga havas qilib bölmaydi. Bir qaraşda tabiat barça ne'matlarini tortiq etgandek, orol çuçuk suvga boy, yerlari unumdor. Ammo asosiy daromad manbalari bölgan çorvaçilik va baliqçilik rivoji ham qaşşoqlikdan qutuliş imkonini bermayapti. Vaqti-vaqti bilan kuzatiladigan çigirtkalar hujumi butun hosilni nest-nobud qiladi va vaziyatni yanada oğirlaştiradi. Taxminlarga köra «Koka-Kola» kompaniyasining tabiiy vinildan sintetik vinilga ötişi ham mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan.
Madagaskarda ayollar örtaça 5 nafardan farzand körişadi. Orolda ölat, bezgak kabi kasalliklar köp tarqaladi aholi umriga zomin böladi.
8-örin —Malavi Respublikasi, YaIM — 879 $
Malavi şifoxonasi
Foto: maravipost.com
Şarqiy Afrikaning bu davlati aholisi yarmidan köpi qaşşoqlikda kun keçirgani kamlik qilgandek oddiy öqişni ham bilişmaydi. Asosiy daromad manbai bölgan qişloq xöjaligi ham sust rivojlangan. Mamlakat foydali qazilmalarga boy, lekin ularni tadqiq etiş va qazib olişga mablağ yöq. Xorijiy investitsiya bu beqaror hududga kirgisi kelmaydi.
Tibbiy ahvol öta oğir – har 17 ming aholiga bir şifokor töğri keladi va köp hollarda bu şifokorning malakasi ham haminqadar böladi. 5 yoşgaça bölgan bolalarning deyarli hammasida vazn yetişmovçiligi kuzatiladi. 2015 yilda OITSga çalinganlar soni 1.6 mln kişidan ortgani qayd etilgan. Tuğilgan har ming çaqaloqdan 84 nafari turli sabablarga köra nobud böladi va bu butun dunyo böylab eng yuqori körsatkiçlardan biri hisoblanadi. Sanitar holat juda yomon, ayollar soğligi, ovqatlanişi qoniqarli emas, homiladorlikdan himoyalaniş vositalari yetarli bölmagani tufayli har bir ayolning kamida 5-6 nafardan farzandi bor.
7-örin —Niger, YaIM — 829 $
Nigerda bolalar uyiga suv taşimoqda
Foto: citizentv
Dahşatli issiq hukmronlik qiladigan bu davlatni köpinça Nigeriya bilan adaştirişadi. Nigeriyadagi ahvol ham köngildagidek bölmasada, baribir Niger bu borada ança «ilgarilab» ketgan. Daromadining asosini taşkil etuvçi qişloq xöjaligida işli aholining 90 foizidan ortiği mehnat qiladi, ammo hududining 3 foizigina dehqonçilikka yaroqli. Sönggi yillarda ustma-ust kuzatilayotgan qurğoqçilik ham sohani tang ahvolga solgan. Bu davlatda temiryöllar yöq, aholining faqat 28 foizigina öqiş yozişni biladi, bolalarning 25 foizigina maktabga borişadi.
Aholining yarmidan köproği töyib ovqatlanmaydi, içimlik suvining yetarli emasligi yuqumli kasalliklar tarqalişiga sabab böladi. Aholing 1 foizidan ortiği OITSga çalingan. Har 1000 çaqaloqdan 115 nafari nobud böladi. Ayollar kamida 7-8 nafar farzand körişadi.
6-örin — Zimbabve, YaIM — 788 $
Oltin koni işçisi
Foto: Madote
Bir vaqtlar tuppa-tuzuk rivojlaniş yölidan ketayotgan davlat yer islohoti ortidan tanazzulga yuz tutdi. Umidli islohotçidan şafqatsiz diktatorga aylangan prezident Robert Mugabening 30 yillik boşqaruv davri mamlakat iqtisodiyotini butkul izdan çiqardi. 2009 yilda inflyatsiya böyiça tarixiy rekord qayd etildi – Zimbabve dollari 321 000 000 foizga qadrsizlandi. Öşa paytlarda 100 trln Zimbabve dollari muomalaga kiritildi va bu pulga bir neçta tuxum sotib oliş mumkin edi. Işsizlik darajasi ham öşa paytlarda mutlaq rekord – 94 foizga çiqdi.
Aholining 70 foizdan ortiği qaşşoqlikda kun keçiradi.
Umr körsatkiçlari ayollarda 47 yoşni, erkaklarda 48 yoşni taşkil qiladi va buning asosiy sababi OITS. Bu kasallik tarqalişi böyiça ham mamlakat rekordçi hisoblanadi va 2007 yilda aholining 15 foizdan ortiği OITSga çalingani qayd etilgan. Keyingi yillarda OITS tarqalişi birmunça jilovlandi.
5-örin — Eritreya, YaIM — 707 $
Eritreyadagi oila
Qizil dengiz qirğoqlaridagi bu davlat bir vaqtlar Italiya koloniyasi bölgan va aholisi nisbatan yaxşi yaşagan. Ötgan asrning 50-yillarida Efiopiyaga qöşib yuborilgan va mustaqillik uçun kuraş 30 yildan ortiq davom etgan. Mustaqillikka erişilgan bölsada, mamlakat iqtisodiy uruşlar ta'sirida butkul izdan çiqadi. Bir vaqtlar öz tarixi bilan Misr, Yunoniston kabi davlatlar qatorida sanalgan bu davlat sayyohlarni jalb qiliş tugul öz aholisini ham boqa olmay qoldi. Iş bilan band aholining 80 foizi qişloq xöjaligi orqali daromad qiladi, çuçuk suv yetişmasligi sohaning rivojiga jiddiy tösiq böladi.
4-örin — Liberiya, YaIM ─ 703 $
Liberiyalik bola yöl çetida
Foto: Gossip Liberia
Bu davlatda umumiy hisobda 10 yil davom etgan ikki fuqarolik uruşi yuz minglab kişilarning yostiğini quritiş bilan birgalikda iqtisodni ham jarga qulatgan. Hisob-kitoblarga köra, Liberiya aholisining taxminan 90 foizi 1,3 dollarga kun keçiradi.
Bir vaqtlar qahva, yoğoç, olmos kabi xaridorgir mahsulotlar eksport qilgan bu davlatning hozirgi kundagi asosiy daromadi xorijiy kemalarga öz davlati nomidan, ya'ni Liberiya bayroğidan foydalaniş huquqini sotişdan iborat.
3-örin — Kongo Demokratik Respublikasi, YaIM — 648 $
Kongolik bolalar
Foto: Vikipediya
Bir vaqtlar bu davlatning nomi Zoir bölgan. Nomini özgartirişi ortidan juda köpçilik KDRni Kongo Respublikasi bilan adaştiradi. 2012 yillarga qadar KDR dunyodagi eng qaşşoq davlat maqomini mustahkam saqlab keldi. Ammo keyinçalik bu borada uçinçi öringa «tuşib» qoldi. Şunga qaramay, mamlakatdagi ahvol nihoyatda oğir. KDR hududidagi turli uruşlarda 7 davlat iştirok etdi va harbiy harakatlar natijasida 5,4 million kişi nobud böldi. Uruş avjiga çiqqan davrda kuniga örtaça 40 ming inson şafqatsiz ölim topgani qayd etilgan.
Aholining 70 foizdan ortiqroği oçlikdan azob çekadi. Bu davlatning yana bir dahşatli jihati köp qabilalarda hamon odamxörlik saqlanib qolgani va unga qarşi aytarli kuraş olib borilmasligida. Mamlakatda taxminan 71 million aholi istiqomat qilsa, şundan 5 foizidan ortiği OITSga çalingan. Mahalliy aholi orasida yana bir yaramas odat saqlanib qolgan. Köpçilik bokira qiz bilan tunaş OITSga davo bölişiga işonadi va bu holat bu kasallikning yanada şiddat bilan tarqalişidan taşqari zöravonlik ham haddan taşqari köpayişiga sabab böladi. Bejizga Kongo ayollar uçun eng xavfli va nomusga tajovuz qiliş körsatkiçi eng yuqori davlat emas.
2-örin — Burundi, YaIM — 642 $
Burundida fuqarolar uruşi
Foto: World Bulletin
Bu davlatdagi asosiy muammo – uzluksiz uruşlar. Qabilalar, partiyalar, qaroqçilar, partizanlar yoki şunçaki qöliga qurol olgan odam borki öziga duşman topib uruş oçaveradi. Aslida iqtisodni rivojlantiriş uçun imkoniyatlar yetarli – mamlakat hududining 50 foizi dehqonçilikka yaroqli, 36 foizi yaylovlardan iborat. Aholining asosiy qismi dehqonçilik bilan şuğullansada, hosildorlik past, çoy va qahva eksporti aholini boqişga yetmaydi. Bolalarning deyarli hammasida vazn yetişmovçiligi kuzatiladi, tibbiyot oğir ahvolda, OITS, vabo, meningit kabi kasalliklar tarqalişi oddiy holga aylangan.
Burundida temiryöllar yöq, mamlakatda bor yöği 20 mingta avtomobil mavjud, har 1000 aholining 20 nafari uyali telefonga, 5 nafari kompyuterga ega hisoblanadi, xolos.
1- örin — Markaziy Afrika Respublikasi, YaIM — 542 $
Markaziy Afrika bolalari
Foto: Arab News
Afrika markazidagi MAR nafaqat öz qit'asining, balki dunyoning ham eng qaşşoq mamlakatidir. Eng qiziği, bu davlat oltin, olmos, neft kabi foydali qazilmalar, ulkan örmonlarga ega. MAR byudjyeti ham asosan olmos va yoğoç sotiş orqali töldiriladi. Ammo mamlakatdagi korrupsiya, siyosiy beqarorlik, uzluksiz uruşlar, öta yuqori jinoyatçilik, biror tizimning köngildagidek işlamasligi iqtisodni öta abgor avholga tuşirgan. Bu davlat xalqaro taşkilotlar kömagiga şu qadar könikib qolganki, ularni töxtatiş şubhasiz ijtimoiy inqirozga sabab böladi. Aholining mutlaq köpçiligi oçlikdan qiynaladi, faqat 48 foizi savodli, 6 foizdan ortiği OITSga çalingan. Har 1000 çaqaloqdan 105 nafari nobud böladi.
* Alohida ta'kidlaş şart, bu röyxat 2017 yil yakuniga köra tuzilgan. 2018 yilning ötgan davrida ayrim özgarişlar kuzatilgan, şuningdek nafaqat BMT, balki XVJ, JSST, Butunjahon banki va yana turli taşkilotlar ham öz yönalişlari böyiça qaşşoq davlatlar röyxatini tuzişadiki, ular bu röyxatdan farq qilişi mumkin. Masalan davlatlar iqtisodini tahlil qilib boruvçi Focus Economics kompaniyasi röyxatiga Markaziy Osiyoning ayrim davlatlari ham kiritilgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi