Iqtisodchi Behzod Hoshimovning asosiy xususiyati samarasizlik bo‘lgan ko‘plab g‘ayritabiiy monopoliyalardan qutulish zaruriyati haqidagi maqolasi e'lon qilindi.

Yirik davlat kompaniyasi direktori hayotini bir zum tasavvur qiling: xizmat mashinasi, hashamatli binodagi kabinet va qo‘l ostida o‘n minglab xodimlar. Bu as'asa-yu dabdaba bilan ham unga aslo havas qilib bo‘lmaydi. Chunki kompaniya mijozlari odatda millionlab kishilar bo‘lishadi, direktorning muvaffaqiyati ularning qoniqishiga juda bog‘liq. Bunday lavozim tunu kun ishlashga majbur qiladi: kompaniya samaradorligining oshirilishini nazorat qilish, raqobatchilarning harakatlarini kuzatish, mijozlarning istaklarini doim oldindan his qila bilish kerak.

Bunga qo‘shimcha ravishda mulkdorlar (aksiyadorlar) va jamoatchilik direktorning har bir qadamini sinchiklab kuzatishadi. Masalan, Nyu-York va Kornel universiteti iqtisodchilari o‘z tadqiqotlarida ijrochi direktor o‘ziga qanchalik hashamatli va qimmatbaho uy xarid qilayotgan bo‘lsa, demak kompaniyada ishlar shunchalik joyida emasligini isbotlashgan. Aksincha, kompaniyada ishlar qanchalik yaxshi bo‘lsa, ijrochi direktor qimmatbaho xaridlardan o‘zini tiyadi: bozorni zaruriyatsiz bezovta qilmaslik uchun.

Direktorlardan ko‘pincha direktorlar kengashiga qabul qilingan qaror kompaniyaning kelgusida foyda ko‘rishiga aynan qanday ta'sir ko‘rsatishini tushuntirish talab etiladi. Doimo jamoatchilik bilan aloqada bo‘lib turish kerak, chunki kompaniyaning serdaromadliligi borasidagi jamoatchilik kayfiyati kapitalizatsiyaga kuchli ta'sir qiladi. Xodimlarni muntazam ishdan bo‘shatib turish zaruriyati, ba'zan, ayniqsa rentabellik shuni taqozo etganda butun bir bo‘limlar yoki hattoki firmaning faoliyat turini o‘zgartirish ham og‘ir yuk bo‘ladi. Umuman olganda, top-menejyer ishi ko‘p ham havas qilarli ish emas, shu sababli ularga yaxshi pul to‘lansa kerak.

«Jyeneral elektrik» kompaniyasiga 1878 yilda Tomas Edison tomonidan asos solingan. Yaqinda kompaniya lampochkalar savdosi bo‘yicha biznesdan chiqishini e'lon qildi: uning bu tuzilmasida 17 ming kishi ishlardi. O‘tgan yili GE qariyb bir asr mobaynida AQSh bozorida yetakchilik qilgan sohasi — maishiy texnikalar ishlab chiqaruvchi barcha zavodlarini