Köplab rivojlangan mamlakatlar potensial ekologik muammolarning oldini oliş maqsadida içki yonuv dvigatellarida işlaydigan maşinalardan asta-sekin voz keçib, elektr toki bilan quvvatlanadigan avtomobillardan foydalanişga urğu beryapti.
Bu borada Özbekistonda ham yaxşi tendensiya kuzatildi. Bu xorijdan elektromobil import qilişning arzonlaştirilgani bilan ham boğliq edi. Xususan, 2019 yil 1 yanvardan Özbekistonga elektromobil importi uçun boj tölovi bekor qilingan, öşa yil iyul oyiga borib aksiz soliği ham olib taşlangandi.
2024 yilgaça elektromobil import qiliş quyidagi tartibda amalga oşirilib kelinayotgandi:
- QQS – avtomobil bojxona qiymatidan 12 foiz;
- utilizatsiya yiğimi – agar elektromobilning işlab çiqarilgan muddati 3 yildan oşmagan bölsa, BHMning 30 barobari (11 mln 250 ming söm), 3 yildan oşgan bölsa, BHMning 90 barobari (33 mln 750 ming söm) miqdorida;
- bojxona rasmiylaştiruvi böyiça yiğim elektromobilning qiymatiga qarab BHMning 1 barobaridan 3,5 barobarigaça (375 ming – 1 mln 312 ming söm oraliğida).
Xususiy importni çeklaş uçun taşlangan qadamlar
Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş uçun ijobiy qadamlar taşlamoqda. Şu jihatdan ham bölsa kerak, elektromobil importiga nisbatan tarif çeklovlari kuçaytirilmadi. Ammo joriy yildan boşlab turli xil notarif tösiqlar bilan yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan olib kirilayotgan elektromobillar importini çeklaşga qaratilgan qator qoidalar joriy qilindi.
“Özavtosanoat” bundan ikki yil oldin Xitoyning BYD kompaniyasi bilan Özbekistonda elektromobillar işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça kelişuv tuzgandi. Kelişuv natijasida, 2024 yilning birinçi yarmida Jizzaxda BYD zavodi işga tuşdi. Korxonaning 60 foiz hissasi “Özavtosanoat”ga, 40 foizi BYD'ga tegişli böldi. Zavodda elektromobil va gibrid avtomobillar SKD usulida (yirik uzelli) yiğilmoqda.
“Özavtosanoat”ning Daewoo, Chevrolet, Man, Isuzu kabi jahon brendlari bilan hamkorligi içki bozorning taşqi raqobatdan töliq uzilişi va iste’molçilarning tanlovdan mahrum qilinişi bilan yakunlangan. Bu safar ham voqealar rivoji xuddi şu yösinda davom etayotgandek.
2023 yil 1 yanvardan boşlab, import qilingan avtomobillarni faqat işlab çiqaruvçi korxonaning rasmiy dileri tomonidan sotilişiga oid talab bekor qilingan va bu avtomobil bozorida raqobat muhitini yaxşilaşda muhim qadam deb baholangan edi. Ammo şu yilning oxirida bu tartib yana qayta tiklanişi mumkinligi haqidagi xabarlar













