Keça ön yillik an'ana buzildi va “Oltin töp” Messi va Ronaldudan boşqa futbolçiga berildi. Şaxsan men bu sovrinni futbolda u qadar muhim hisoblamayman, lekin e'tibor berişga arzigulik qiziq holat bor. Modriçga sovrin topşirilganidan boşlab, to hozirgaça bu qarorning notöğri bölganini, Ronaldu yoki Grizmann, balki boşqa futbolçi haqliroq ekanini aytayotganlarni köp kuzatdim. Bilasizmi, bu holat menga umuman sönggi yillardagi “Oltin töp”ni aniqlaş prinsiplaridagi özgarişlar (FIFA sovrini bilan qöşib yuborilişi) muxlislardagi fikrlaşni naqadar özgartirib yuborganini körsatgandek göyo. Axir bir paytlar tirik Zidan, tirik Ronaldino davrida Fabio Kannavaro “Oltin töp” olganini yengil hazm qilib yuborgandik-ku?

Foto: Getty Images

2010 yildan boşlab “Oltin töp” va FIFA sörovnomasi birlaşib ketdi va sörovnomada jurnalistlar bilan birgalikda murabbiylar, futbolçilar ham qatnaşa boşladilar. Öz-özidan tanlov prinsiplari boşqa yönalişga burildi va qiziği öşa paytlarda ham bu özgarişni hazm qiliş qiyin bölgandi. Nega Riberimas, Ronaldu? Nega Inesta emas, Messi? Axir terma jamoa yoki klub bilan sovrinni narigilar yutgandi-ku?

Mana şunday savollar köp yangragandi. Töğri, hozir Modriçdan farqli ravişda Grizmann yoki Mbappe jahon çempioni böldilar, ammo terma jamoada Modriçning ahamiyati bu futbolçilardan ustunroq bölgani, Xorvatiya Fransiyadan köra ança kamtarona jamoa ekani ham rol öynagan bölişi mumkin. Demak, sörovnoma natijalari qaysidir jihatdan öşa 90-yillarni, Mattias Zammer davrini eslatib yubordi.

E'tiboringizga, öşa 2012 yillarda, sörov prinsiplari xuddi bugungidek, faqat aksinça tarafga özgargan paytlarda yozilgan “Vaqtida tuğilgan Zammer” nomli maqolani havola qilaman. Maqola söngidagi xulosamdan tuşuniş mumkinki, “Oltin töp” sörovnomasidagi eski tizimga qaytiş, ya'ni sovrin aynan Luka Modriçga topşirilgani menga yoqdi.

Vaqtida tuğilgan Zammer

Matias Zammer 1967 yilda, rosa vaqtida tuğilgan. U 1996 yilda terma jamoasi bilan birgalikda Yevropa çempioni bölgan. “Hujumkor himoyaçi” ampluasini “yaratib”, futbol olamida öziga xos töntarişni amalga oşira olganligi bilan maşhur. Uning öyin uslubi, maydondagi taktik harakatlari bir neçta mutaxassislarning tahliliy izlanişlariga asos bölgan. Xullas, ajoyib futbolçi, lekin gap bunda emas.

Zammer öşa 1996 yilda “Frans futbol” tomonidan ta'sis etilgan “Oltin töp”sohibiga aylangan, ya'ni Yevropaning eng yaxşi futbolçisi deb e'tirof etilgandi. Qiziği, aynan öşa mavsumda FIFA tomonidan aniqlanadigan boşqa sovrin – “Dunyoning eng yaxşi öyinçisi” maqomiga u emas, braziliyalik Ronaldo loyiq körilgan. Bu ham mayli, Zammer öşanda uçlikka ham kira olmagandi. Ha mayli, Yevropaning eng yaxşisi dunyoda uçlikka kira olmasa nima bölibdi? Lotin Amerikasi bor buyoqda, deyişingiz mumkin, ammo har ikki sovrin uçun kuraşda Zammerning raqobatçilari deyarli öşalar bölganini aytsam-çi? Misol uçun, dunyoning yaxşilari içida uçinçi örinni olgan Alan Şirer ham yevropalik-ku, töğrimi?