Ispaniya Qirol Kubogi yarim finalining javob öyinida «Barselona» Madridda «Real»ni 3:0 hisobida yengganidan xabaringiz bor. Öşa kuni «Oltin töp»ning amaldagi sohibi Luka Modriç raqibi Lionel Messining futbolkasidan tortib qolayotgan surati maşhur bölib ketgandi.
«Barselona» rasmiy tvitteri bu holatni yengil hazilga oldi. «Messining futbolkasini klubning onlayn-dökonida oliş osonroq»,- deb yozadi klub rasmiy tvitteri. Onlayn-dökonning veb manzili körsatilgan bu e'longa Modriç Messining libosini tortayotgan rasm ilova qilingan.
🔵🔴 It's much easier to get a #Messi shirt by going to our online store 👉 https://t.co/Of4Zk6Ygg9 😋 pic.twitter.com/Q5VC9dtSXZ
— FC Barcelona (@FCBarcelona) March 1, 2019
Ta'kidlaş joiz, Modriç futboldagi Messi va Ronalduning 10 yil davom etgan gegemonligiga çek qöyib, 2018 yil yakunlariga köra «Oltin töp»ni qölga kiritgandi.

















