Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida 2020-2025 yillarda «Zamonaviy maktab» davlat dasturi loyihasi muhokama qilinmoqda.
Norma’ning yozişiça, dastur prezidentning 5.09.2018 yildagi PF–5538-son «Xalq ta'limini boşqariş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga muvofiq işlab çiqilgan.
2019 yilning 1 iyuniga qadar xalqaro tajriba asosida, ilğor texnologiyalar va muhandislik yeçimlarini joriy etişni hisobga olgan holda zamonaviy umumta'lim muassasalarining namunaviy loyihalarini işlab çiqiş va tasdiqlaş rejalaştirilgan. Şu bilan birga, umumta'lim muassasalarini zarur mebellar, zamonaviy öquv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va öquv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlaş böyiça yangi normativlar tasdiqlanadi.
Öquv muassasalarini 2020-2025 yillar uçun zamonaviy maktablarning namunaviy loyihalari asosida qurişning asosiy parametrlari işlab çiqildi. 39 690 nafar öquvçi örniga ega bölgan 126 ta maktabni bunyod etiş, şuningdek, 704 ta maktabni rekonstruksiya qiliş möljallanmoqda. Umumta'lim muassasalarining «Zamonaviy maktab» namunaviy loyihalari böyiça yangiça qurilişi Xalq ta'limini rivojlantiriş jamğarmasi, şuningdek, jalb etiladigan xorijiy grantlar va qarzlar hisobidan moliyalaştiriladi.
«Zamonaviy maktab» darajalariga muvofiqlik sertifikatini beriş uçun umumta'lim muassasalari faoliyatini baholaşning mezonlarini tasdiqlaş taklif etilayotir. Sertifikatlaş tizimining işçi organi sifatida «Innovatsiyalar, texnologiyalar va strategiyalar» DUKni belgilaş taklif qilinmoqda.
«Zamonaviy maktab» namunaviy loyihalari böyiça qayta taşkil etiladigan umumta'lim muassasalarining 2030 yilgaça bölgan maqsadli körsatkiçlari keltiriladi. Masalan, 2024 yilga borib bunday maktablar soni 828 tani taşkil etadi, 2030 yilda esa bu kabi öquv muassasalari 4860 taga yetadi yoki umumiy miqdorning 50%ini taşkil etadi.
2020 yilning 1 avgustiga qadar ilğor xalqaro tajribani hisobga olgan holda «Zamonaviy maktab» namunaviy loyihalari böyiça röyobga çiqariladigan umumta'lim muassasalari uçun quyidagilar işlab çiqiladi va tasdiqlanadi:
• öqitişning maxsus ta'lim standart va dasturlari;
Zamonaviy maktab qanday bölişi kerak?
19:17 / 05.12.201831 5013 min












