Jahon | 00:48 / 13.12.2018
6264
3 daqiqa o‘qiladi

FAO: Yevropa va Markaziy Osiyoda 20 mlnga yaqin kishi to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda

Foto: fao.org

Yevropa va Markaziy Osiyoda 14 mlndan ko‘proq kattalar va deyarli 5 mln bola yetarli miqdorda ovqat yemaslikdan aziyat chekadi. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) o‘z dokladidagi ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi. 2015 yildan 2017 yilgacha ushbu mintaqadagi 20 mlnga yaqin odam oziq-ovqat mahsulotlari yetishmasligidan aziyat chekkan.

“Biz mintaqaning har bir kishisida to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish imkoniyati bo‘lishiga erishmoqchimiz. Bunga erishish uchun aholining turli guruhlari orasidagi vaziyatni yaxshiroq o‘rganishimiz va nochorlik, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlik, ixtiloflar va boshqa ko‘plab muammolarni hal qilishimiz kerak”, deb aytgan doklad muallifi Ariella Glinni. 
 
Ta'kidlanishicha, Markaziy Osiyo davlatlarida to‘yib ovqat yemaydiganlar soni 2016-2017 yillarda ko‘paya boshlagan, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Yevropaning sobiq ittifoqqa kirgan davlatlarida to‘yib ovqat yemaslikdan erkaklardan ko‘ra ko‘proq ayollar aziyat chekadi. “Bu mintaqada gender tenglik borasida jiddiy muammo mavjudligidan darak beradi. Jinsidan qat'iy nazar, barcha odamlarga zarur oziq-ovqatni ta'minlash uchun barcha darajalarda choralar ko‘rishimiz lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan Glinni.

Dokladda, shuningdek, ortiqcha vazn, semizlik va oziqa moddalarining yetishmasligi muammolariga e'tibor qaratilgan. Bu muammolar u yoki bu darajada mintaqaning barcha davlatlarida mavjud. Millionlab odamlar xafaqonlikka olib keluvchi mikroelementlar yetishmasligidan hamon aziyat chekmoqda. Bu kasalliklar tug‘uruq yoshidagi ayollar orasida borgan sari tarqalmoqda. Mintaqadagi 200 mln kishi, bu esa mintaqaning katta yoshli aholisining chorak qismi demakdir, ayni vaqtda semizlikdan aziyat chekadi, bu esa tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimiga katta yuklama bo‘ladi. 

FAO mutaxassislarining fikricha, rivojlanish uchun imkoniyatlar manbasi migratsiya bo‘lishi mumkin. Oxirgi yilda mehnat muxojirlari tomonidan uylariga jo‘natilgan pullar millionlab odamlarga nochorlik va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘lmagan holatdan chiqishga yordam bergan. Ushbu mintaqada 2017 yilda pul o‘tkazmalari oqimi 44 mlrd dollarga baholangan. 

Migratsiya qiluvchi ayollar va yoshlar soni ko‘paymoqda. Bu holat mintaqadagi ko‘plab davlatlarda ishsizlik sababli yuz bermoqda. Yevropa va Markaziy Osiyodagi xalqaro muhojirlarning 52 foizini ayollar tashkil qiladi, bu esa ijtimoiy va oilaviy dinamika uchun muhim oqibatlar kasb etadi. 

Mavzuga oid