«Odam töplanadigan joyda savdo qilamiz» — savdo-sotiq neça asrlardan buyon mana şu tamoyil asosida olib boriladi. Şu sababli sotuvçilar xaridor izlab internetga ötişmoqda. Ön yil avval barça öz sayti bölişiga harakat qilardi. Endilikda esa bu yetarli bölmay qoldi. Mobil trafikning ösişi mijoz smartfonidan joy oliş uçun yirik kompaniyalarning öz ilovalarini yaratişlariga olib keldi. Mijozlar köp vaqtini ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ötkazişyaptimi? Demak, ularga ham joylaşib oliş kerak. Ammo buni hamma ham uddalay olmaydi. Ijtimoiy tarmoqdagi tijoratda töğri joy tanlaş uçun bu bozorda nimalar yuz berayotganini biliş kerak. «Yandeks.Kassa» va Data Insight bu borada tadqiqot ötkazdi. Bu haqda Forbes yozmoqda.

Foto: Pixabay

Ijtimoiy kanallardagi savdo hajmi 

Ijtimoiy kanallarda nimalar sotiladi? Eng köp sotiladigan mahsulotlar kiyim-keçak va poyabzal hisoblanadi. Bu mahsulotlarning savdo hajmi yiliga 100 milliard rubldan ortiq. Ikkinçi örinda elektronika va maişiy texnika, uçinçi örinda esa köçmas mulk ijarasi böyiça xizmatlar turadi.

Messenjerlar: boşlanişi sekin, marra esa yuqori

B2C savdo sohasida işlaydigan va ijtimoiy kanallardan foydalanmaydigan korxonalar elektron tijorat bozori qatnaşçilarining törtdan bir qismidan ham kamroqni taşkil etadi. Öz mahsulot va xizmatlarini taklif etadigan 76 foiz kompaniya ijtimoiy kanallardan foydalansa, sotuvçilarning 94 foizi allaqaçon ijtimoiy tarmoqlarni egallagan. Barça ijtimoiy kanallarning mahsulot va xizmatlarini internet orqali sotadigan kompaniyalar tuşumidagi uluşi örtaça 40 foizga yetgan.

Eng yuqori ösiş sur'ati messenjerlarda. Ulardan foydalanadigan sotuvçilarning 74 foizi savdoda ösiş bölganini qayd etişgan. Hozirça köpçilik messenjerlardan mijozlar bilan muloqot qilişda foydalanadi (89 foiz kompaniya), 41 foizi messenjerlar orqali mahsulotlarini faol sotadi, 39 foizi mijozlarga takliflar jönatadi. Hozirda sotuv hajmining taxminan 5,6 foizi messenjerlarga töğri kelmoqda. Mikrobiznesda esa internetdagi tuşumning 8 foizi messenjerlar uluşiga tegişli.

Foto: Pixabay

Ijtimoiy tarmoqlar: mahsulot namoyişidan tölovlarga

B2C va S2S sotuvçilar orasida eng ommabop ijtimoiy tarmoq «VKontakte» hisoblanadi. Undan öz mahsulot va xizmatlarini sotiş uçun sotuvçilarning 11,2 foizi foydalanadi. Sotuvçilarning 6,5 foizi Instagram, 4,7 foizi Facebook’dan foydalanadi.  

Sotuvçilarning 57 foizi ijtimoiy tarmoqlardagi sotuv maydonçalaridan foydalanadi. Masalan, ularning 46 foizi öz akkauntlarida mahsulotlar namoyişini ötkazişadi. 32 foizi esa mijozlar bilan muloqot uçun çatlardan foydalanadi. Atigi 9 foiz sotuvçilar esa ijtimoiy tarmoq orqali tölovni joriy etişgan.

Mijoz Instagram’dan foydalanadigan bölsa, unga hamma narsani – savol-javob qiliş, buyurtma beriş, tölovni amalga oşirişni şu yerning özida bajariş qulay. Ijtimoiy tarmoqdan çiqib saytga yoki mobil bankka ötiş, tölovni amalga oşiriş vaqtni oladi. Ammo hozirça 5 foiz kompaniya bevosita ijtimoiy tarmoqning özida onlayn-tölov qabul qilişni rejalaştirmoqda. Buning sababi – sotuvçilarning bu texnologiyalardan unçalik xabardor emasliklari. 

Masalan, aksariyat internet-magazinlar haligaça xaridordan maxsus havola jönatib, messenjer orqali ham tölov qabul qiliş mumkinligini bilişmaydi.

Foto: Pixabay

Mikrobiznes uçun imkoniyat

Turli kanallarning samaradorligi kompaniya aylanmasi va uning sohasiga ham boğliq. Masalan, mikro va kiçik biznes uçun ijtimoiy kanallar qulayroq. Bu kanallar hozirda ular onlayn-savdolarining 45 foizini ta'minlamoqda, yirik kompaniyalarga esa öz sayt va ilovalari köproq yordam bermoqda – 64 foiz.

Tajribadan ma'lum bölişiça, kiçik va yirik kompaniyalar biznesining rivojlanişiga bir xil yondaşib bölmaydi. Yirik reteylerning sifatli mobil ilova yaratişga imkoniyati yetarli bölsa, kiçik magazin uçun ilova yaratiş va mijozlarni jalb etiş qimmatga tuşadi. Bunday ilovalar özini oqlamasligi mumkin. Şu bois mikrobiznes uçun ijtimoiy tijorat eng salohiyatlisi hisoblanadi, çunki bunday oçiq maydonçada savdoni yölga qöyiş kam xarajat talab qiladi.

Bugungi kunda elektron tijoratda ijtimoiy kanallardan foydalaniş kiçik biznes va yakka tadbirkorlar uçun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiy platformalar nafaqat millionlab foydalanuvçilarni birlaştirmoqda, balki ilğor texnologiyalarni ham joriy etmoqda. Ular tadbirkorlarga mijozlarni jalb etiş, ular bilan muloqot qiliş va tölovlarni ortiqça harakatlarsiz qabul qilişda yordam beradi.