Telegram bir oy içida mini-ilovalar uçun önta yangi funksiyaga ega böladi, bu esa dasturçilarga yangi turdagi ilovalar va öyinlarni yaratiş imkonini beradi, deb xabar berdi messenjer asosçisi Pavel Durov.
Xususan, quyidagilar joriy qilinadi:
- mini-ilovalar uçun töliq ekran rejimi;
- iş stoliga mini-ilova piktogrammalarini qöşiş imkoniyati;
- mini-ilovalar içida pullik obunalar uçun turli xil variantlar;
Mini-ilovalar giroskop va akselerometr yordamida telefonning geolokatsiyasi va ekranning aylaniş darajasidan foydalanadi.
Avvalroq, 31 oktyabr kuni Durov Telegram uçun bir qator yangi funksiyalar paydo bölganini ma’lum qilgandi. Xususan, endi foydalanuvçilar allaqaçon yuborilgan xabarlarga fotosuratlar va videolarni qöşişi, şuningdek tahrirlaşda media faylni boşqasiga almaştirişi mumkin.








