Tahririyatga yöllangan murojaatlar bilan tanişar ekanmiz Özbekiston Respublikasi Oliy sudining e'tiborsizligidan norozilik ifodalangan şikoyat diqqatimizni tortdi.
«Aloqa Invest» mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbari vazifasida işlagan N.Ganiyev va boşqalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi va boşqa moddalari bilan 2015 yil 21 sentyabrda qözğatilgan jinoyat işi qariyb 8 oy davomida tergov qilinib, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.
Jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudining 16.12.2016 yildagi hukmi bilan «Aloqa Invest» MÇJ rahbari aybli deb topiladi va unga ozodlikdan mahrum qiliş tarzidagi jazo çorasi qöllaniladi, ayblanuvçi tomonning apellyatsiya tartibidagi şikoyati tegişli sud instansiyasining ajrimi bilan özgarişsiz koldiriladi.
Hikoyamiz murojaat muallifining aybli yoki aybsiz ekanligi haqida emas, balki uning sud hukmiga nisbatan yöllagan şikoyatlari Oliy sud tomonidan körib çiqilişidan noroziligi haqida.
Oliy suddan najot ilinjida
N.Ganiyev özining aybsiz ekanligini isbotlaş maqsadida tegişli dalillarni keltirgan holda 2018 yil 3 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida şikoyat yozadi.
Şikoyatga javob berilişi ortga surilavergani sababli 2018 yil 30 iyunda N.Ganiyev va «Aloqa Invest» MÇJ tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat yöllanadi.
Vaholanki, Jinoyat-protsessual kodeksning 514-moddasiga köra, nazorat tartibidagi şikoyat bir oygaça bölgan muddatda, iş talab qilib olinadigan va tekşiriladigan hollarda esa ikki oygaça bölgan muddatda körib çiqilişi lozim.
Qarangki, virtual qabulxonaga yöllangan murojaatga Oliy sud sudlov xay'ati raisining örinbosari V.Nazarovning imzosi bilan 2018 yil 11 iyul kuni javob xati yuboriladi va unda muallifga javobdan norozi bölgan taqdirda Oliy sudga nazorat tartibida şikoyat qiliş huquqi tuşuntiriladi.

Şundan söng hikoyamiz qahramoni va «Aloqa Invest» MÇJ 2018 yil 17 iyul kuni virtual qabulxonaga javobdan qoniqmaganliklari töğrisida takroran şikoyat yöllaydi.
Uşbu murojaatga V.Nazarovning imzosi bilan 2018 yil 16 avgust kuni yöllangan javob xatida N.Ganiyevning sud hukmidan norozi bölib nazorat tartibida yozgan şikoyati Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan körib çiqilayotganligi bayon etiladi.

Mazkur javobdan ham köngli tölmagan N.Ganiyev va «Aloqa Invest» MÇJ advokati orqali 2018 yil 25 avgust kuni yana bir bor portalga murojaat yöllaydi. Uşbu murojaatga ham B.Nazarov tomonidan imzolangan, avvalgi xatlardan unçalik farq qilmaydigan mazmundagi javob xati olinadi.

Biroq, N.Ganiyev va uning işonçli vakili tomonidan 2018 yil 24 sentyabrda Sudyalar oliy kengaşiga yöllangan murojaat böyiça Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan berilgan javob xati, garçand B.Nazarov tomonidan imzolangan bölsada avvalgilaridan mutlaqo boşqaça mazmun kasb etardi.

Qiziği şundan söng boşlandi.
Mazkur javobda “Aloqa invest” MÇJ direktori Ş.Aslanov va N.Ganiyevning 03.04.2018 yildagi nazorat tartibida yöllagan şikoyatlari guyoki 2018 yil 27 may kuni sudya B.Möminovning ajrimi bilan rad etilganligi, şuningdek, Oliy sud jinoyat işlari buyiça sudlov hay'atining 2018 yil 8 sentyabrdagi ajrimi bilan esa hukm va apellyatsiya instansiyasi ajrimiga özgartiriş kiritilganligi bayon etilgan edi.
Taassufki, agar 27 may sanasida haqiqatdan ham ajrim çiqarilgan bölsa, nima sababdan 30 iyun, 17 iyul va 28 avgustdagi murojaatlarga berilgan javob xatlarida bu haqida bayon etilmagan.
Sudyalar Oliy kengaşining 2018 yil 20 noyabrdagi javob xatiga köra sudya B.Möminov JPKning 515-moddasi talablarini buzganligi uçun unga nisbatan intizomiy ta'sir çorasini köriş uçun hujjatlar Sudyalar oliy malaka hay'atiga yuborilgan.

Masalaning yana bir taajjublanadigan jihati şundaki, Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay'atining 2018 yil 8 sentyabrdagi ajrimiga köra, N.Ganiyevning huquqlari unga mutlaqo aloqasi bölmagan “XIMOYA MANBAI» advokatlar hay'ati advokati B.Mirkomilov tomonidan, davlat hisobidan himoya qilingan.
Vaholanki, N.Ganiyev şartnoma tuzib, G. Axunovani advokat sifatida yollagan va barça masalalar bilan uşbu advokat şuğullanayotgan bir paytda sud ajrimida yuqoridagi kabi mantiqsizlikka yöl qöyilgan.
N.Ganiyev bu tomonidan yollangan advokat bu vaziyatda sud Jinoyat-protsessual kodeksining 52-moddasi talablariga rioya etmaganligi, ya'ni N.Ganiyev advokat yordamidan voz keçmagan va uni advokat yollaşga moddiy imkoniyatlari yetarli bölganligini ta'kidlaydi.
Himoyaçining arzlari
Mavjud masala yuzasidan N.Ganiyevning jamoaviy himoyaçisi va «Aloqa Invest» MÇJ vakili Ş.N. Botirov şunday deydi: “- Bu işlar atayin qilindi, agar öşa vaqtda sud majlisi ötkazilsa qölimizda hukmni asossiz ekanligiga oid dalillar mavjud edi va sud majlisida haqiqat oşkor etilişi va hukm bekor bölişi mumkin edi. Şuning uçun sud majlisi işdagi iştirokçilarning heç kimga, şu jumladan N.Ganiyevga, bildirmay bizning iştirokimizsiz ötkazilgan.
Agar sudda qatnaşganimizda, sud zalida biz tergov va sud tomonidan yöl qöyilgan protsessual kamçiliklarni ham kötarmoqçi bölar edik.
Masalan, dastlabki tergov jarayonida protsessual muddatlar buzilgan. Jinoyat-protsessual Kodeksining 351-moddasiga köra, dastlabki tergov iş qözğatilgan kundan e'tiboran 3 oy muddatda ötkaziladi. Bu muddat tegişinça Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toşkent şahar prokurori va unga tenglaştirilgan prokuror tomonidan 5 oygaça uzaytirilişi mumkin. Özbekiston Respublikasi Boş prokurori yoki uning örinbosarlari tomonidan esa 7 oygaça uzaytirilişi mumkin. Lekin, iş hujjatlari içida bunday uzaytiriş uçun na Toşkent şahar prokurori, na Boş prokuror örinbosarlarining iltimosnomasi va roziligi yöq. Şu sababli, tergov bergan dalillar nomaqbul deb e'tiroz bildirgan bölar edik.

Öz huquqlari Oliy sud tomonidan yetarli darajada ta'minlanmagan fuqarolar Sudyalar odob-ahloq kodeksi talablarini buzgan sudyaga nisbatan tegişli intizomiy ta'sir çorasini qöllanilişi bilan bir vaqtda ularning nazorat tartibidagi şikoyati ham e'tibordan çetda qolib ketmasligiga umid boğlamoqdalar.
Kun.uz voqealar rivojini kuzatib boradi.
Bahodir Ahmedov













