Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
36-bandning birinchi xatboshidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda ekspert-kriminalistika xizmatlarining” so‘zlari “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, shuningdek, ekspert-kriminalistika xizmatining” so‘zlari bilan almashtirildi.
38-bandning birinchi xatboshidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati” so‘zlari “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi” so‘zlari bilan almashtirildi.
42-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatiga” so‘zlari “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga” so‘zlari bilan almashtirildi;
uchinchi xatboshidagi “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati” so‘zlari “migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi” so‘zlari bilan almashtirildi.
Quyidagi mazmundagi 42-1, 42-2-bandlar qo‘shildi:
“42-1. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma'lumotnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat etganda quyidagilar amalga oshiriladi:
muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi uning tugilgan vaqti va joyi, qayerda yashaganligi, tugilganlik haqidagi guvohnoma yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi, ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandlari va boshqa yaqin qarindoshlari, avvalgi doimiy propiska qilingan manzili haqidagi ma'lumotlarni aniqlash orqali o‘rganib chiqiladi;
O‘zbekiston Respublikasi yoki boshqa davlat fuqaroligiga mansubligi aniqlanmagan taqdirda, tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari shaxsini tasdiqlovchi vaqtincha ma'lumotnomani belgilangan tartibda beradi, shuningdek, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda doimiy propiskani rasmiylashtirish, yashash guvohnomasini hujjatlashtirish choralarini ko‘radi.
42-2. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti bilan avval hujjatlashtirilgan, ammo uni yo‘qotib qo‘ygan va doimiy propiskasi bo‘lmagan (sud qarori bilan doimiy propiskadan chiqarib yuborilgan va/yoki doimiy propiskaga qo‘yishga asoslari mavjud bo‘lmagan) muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga istisno tariqasida, vaqtinchalik propiska asosida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti qayta rasmiylashtiriladi.
42-3. Ushbu Nizomning 42-1 va 42-2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik pasportlarni rasmiylashtirishda ichki ishlar organlari tomonidan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 21 va 308-1-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ma'muriy javobgarlikdan ozod etish choralari ko‘riladi.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning fuqarolik pasportlarini rasmiylashtirish uchun davlat bojlari tuman (shahar) ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarining talabnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjyet mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma'muriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi”.
70-bandga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shildi:
“Zarur bo‘lganda, reabilitatsiya markazining buyurtmanomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ularga mahalliy byudjyet mablag‘lari hisobidan yo‘l xarajatlari uchun pul beriladi”.
Mavzuga oid
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
12:01 / 23.07.2024