Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida “Özbekiston Respublikasi fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötişi va turar joyi böyiça xabardor qilişi tartibi töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi.
Uşbu qonun loyihasi respublikada doimiy yaşaş joyi va vaqtinça turgan joy böyiça röyxatga olişning yagona tartibini joriy etişga qaratilgan.
Qayd etilişiça, bugungi kunda amalda bölgan “Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinişi lozim bölgan şaxslar – Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida”gi qonun sababli fuqarolarni Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yoki vaqtinçalik röyxatdan ötkazişda byurokratik tösiqlar yuzaga kelmoqda. Körib çiqilgan qonun loyihasi bilan uşbu qonun bekor qilinib, respublika böyiça fuqarolarning yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötişining yagona tartibini joriy etiş, şuningdek, vaqtinça turgan joy böyiça röyxatdan ötiş tartibini takomillaştirgan holda turar joy böyiça xabardor qiliş tizimini joriy etiş taklif qilinmoqda.
Endilikda Toşkent şahri va Toşkent viloyati uçun alohida, boşqa viloyatlar uçun esa alohida röyxatga oliş tartibi bölmaydi, bunday amaliyotdan voz keçiladi, respublika böyiça bir xil tartib amal qiladi.
Bundan taşqari, aholining ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qöllab-quvvatlaş maqsadida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 223-moddasida belgilangan pasport tizimi qoidalarini buzganlik uçun javobgarlikni liberallaştiriş nazarda tutilgan.
Jumladan, 18 yoşgaça bölgan, 60 yoşdan oşgan yoki töliq davlat ta’minotida bölgan, şuningdek jazoni ijro etiş muassasasidan jazoni ötab çiqqan, favqulodda vaziyatlar, turar yoki noturar joylarning yonişi, qulaşi, transport vositalarining yonişi kabi hodisalar röy berganligi oqibatida jabrlangan şaxslar endilikda pasport tizimi qoidalarini buzganlik uçun javobgarlikdan töliq ozod etiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.

















